Jahon

Eronda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari keskin tus olmoqda

photo 769

Loading

Inson huquqlari faollarining xabar berishicha, Eronning Kurdiston viloyatidagi Senendej shahrida xavfsizlik kuchlari tinch namoyishlarni bostirish uchun o‘qotar qurol va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab mobil aloqa va internetda uzilishlar kuzatilmoqda.

Hukumat harakatlariga qaramay, Eronda norozilik harakati bosilmayapti. Talabalar ham ko‘chaga chiqishmoqda, ayollar hijoblarini yechib uloqtirib, hatto ayrim hollarda huquq-tartibot idoralari xodimlari namoyishchilar tomoniga o‘tib ketyapti.

photo 03 191

Ma’lumotlarga ko‘ra, hukumatga qarshi namoyishlar boshlanganidan beri 100 dan ortiq odam, jumladan, 20 ga yaqin o‘smir halok bo’lgan, 5 000 dan ortiq yoshlar hibsga olingan. Namoyishlar va ish tashlashlar deyarli butun mamlakatni qamrab oldi.

photo 04 127

Bu Eronda so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik jamoatchilik noroziligi bo‘ldi va hukumat uchun jiddiy chaqiriqqa aylandi.

Barchasi 22 yoshli Mahsa Aminiyning o‘limi ortidan boshlandi, u joriy yilning 13-sentabr kuni hijob o‘rash qoidalarini buzgani uchun Erondagi ma’naviyat politsiyasi tomonidan qo‘lga olingandi.

Hibsga olish jarayoniga guvoh bo‘lganlarning so‘zlariga ko‘ra, politsiyachilar uni kaltaklashgan, keyin esa u komaga tushib qolgan. Bir necha kun o‘tib Mahsa shifoxonada jon bergan.

photo 02 261

Shuningdek bir necha kun oldin Eronning Evin nomli mashhur qamoqxonasida kuchli yong‘in yuzaga kelgan. IRNA davlat axborot agentligi kamida 8 ta jabrlanuvchi haqida xabar bergan.

Voqea joyidan videolar e’lon qilgan guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qamoqxona kompleksida qanchadir vaqt otishma va sirena ovozlari eshitilgan. Eron muxolifatchi guruhlaridan birida joylashtirilgan videoda esa «Diktatorga o‘lim» hayqirig‘i yangraydi – bu Eronni qamrab olgan namoyishlar shiorlaridan biri hisoblanadi.

Davlat agentliklari talqiniga ko‘ra, yong‘in mahbuslardan biri o‘t qo‘yishi oqibatida kelib chiqqan. Bu ma’lumotni tasdiqlaydigan boshqa mustaqil manba yo‘q.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.