Texnologiyalar

Microsoft kompaniyasi kompyuterlar uchun Windows 12 chiqaradimi?

photo 02 13

Loading

Bir necha kun oldin bo‘lib o‘tgan “Ignite 2022” konferensiyasida Microsoft o‘zining Teams ilovasi yangi versiyasini taqdim etayotib tasodifan Windows ning navbatdagi versiyasi dizaynini oshkor qilib qo‘ydi, – deya xabar bermoqda Windows Central.

Videodan skrinshot qilib olingan haqiqiy tasvirda siz bosh Windows menyusi hozirgi Windows 11 da bo‘lgani kabi markazlashgan holatda joylashganligini, lekin vazifalar paneli endilikda havoda muallaq turgandek, pastdan va yon tomonlardan yumaloqlagan burchaklar bilan ajralib turganligini ko‘rishingiz mumkin. Shuningdek, vazifalar panelida siz ob-havo yoki boshqa tizim ikonkalarini ko‘rmaysiz, yoxud ular endi pastda emas yuqorida joylashgan: sana, batareya va Wi-Fi ko’rsatkichlari o‘ng yuqori burchakda, qidiruv paneli yuqori markazda, ob-havo ma‘lumotlari esa chap yuqori burchakda joylashgan.

Windows Central ning o‘z manbalariga asoslanib qo‘shimcha qilishicha, Microsoft hali ham Windows 12 ko‘rinishi ustida ishlamoqda, lekin ushbu tarqalib ketgan dizayn kompaniya navbatdagi Windows versiyasida foydalanmoqchi bo‘lgan prototiplarning biridir. Yuqoridagi tasvir xira bo‘lganligi uchun quyida uning qayta yaratilgan variatini ko‘rishingiz mumkin.

photo 03 4

Microsoft o‘zining Windows operatsion tizimi uchun yangilanishlar strategiyasini o‘zgartirgan va o‘zining avvalgi 3 yillik strategiyasiga qaytgan edi. Bunda hozirgi Windows kichik yil bo‘ylab kichik yangilanishlarni qabul qilishda davom etadi. Har 3 yilda esa Microsoft katta Windows yangilanishini, yoxud yangi avlodni chiqaradi. Masalan, Sun Valley kod nomli Windows 11 o‘tgan yilning 2021-yilda chiqarilgan bo‘lsa, uning davomchisi — Next Valley kod nomli Windows 12 esa 2024-yil kuzida chiqarilishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.