Islom
O‘g‘il bolani faqat toq yoshida xatna qilish kerakmi?
Savol: O‘g‘lim hozir 4 yoshda. Shu kunlarda xatna qildirmoqchi edik. Lekin ayrimlar juft yoshda xatna qilib bo‘lmaydi, toq yoshida qilish kerak, deyishyapti. Shu to‘g‘ri-mi?
Javob: O‘g‘il bolalarni kichiklik chog‘ida xatna qildirish musulmon xalqlarning tark qilmaydigan odatiga aylanganligi yaxshi ish. Xatnada zakarning 3 qismini qoplab turgan yumshoq teri kesiladi. O‘sha terini arabchada “qalafa” deyiladi. Hanafiy mazhabi bo‘yicha bolaning holiga qarab xatnani ko‘taradigan bo‘lganda qilinadi. Yetti kunlik bolani xatna qilish shart emas. Shuningdek, zaifligi uchun xatnaga chiday olmaydiganlar ham xatna qilinmaydi.
Xatna qilinmagan odam vafot etsa, u ham xatna qilinmaydi. Xatna (sunnat) holida tug‘ilgan shaxs xatna qilinishi lozim bo‘lgan joyida ba’zi bir teri bo‘lsa, olib tashlanadi. Xatnachining aybi ila xatna qilingan shaxsga talofat yetsa, tavon to‘lanadi.
Xatna munosabati ila marosim qilish shariatda bordir. Ulamolar orasida bola tug‘ilganiga yetti kun o‘tgandan boshlab xatna qilinsa bo‘laveradi, deganlari ham bor. Ba’zilar yetti yoshdan o‘n yoshgacha xatna qilinsa, yaxshi bo‘ladi, deganlar. Ammo xatnani toq yoshda qilish shart etilmagan. Bola balog‘atga yetgunicha xatna qilingani ma’qul. Hatto chaqaloqligida qilinsa ham bo‘ladi (bavl qilishda biror muammo tug‘ilsa, odatda, shunday qilinadi).
Xullas, bolani xatna qilish uchun 1 yoki 3 yoshga to‘lish shart emas, sharoitga qarab qilinaveradi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi