Hodisalar

Buxorodagi institutlarning birida talaba qiz o‘z joniga qasd qildi (-mi)?

photo 04 98 1

Loading

Bugun, 27-sentabr kuni internet tarmog‘ida Buxoro shahridagi Buxoro muhandislik texnologiya instituti 1-kurs talabasi bo‘lgan va mazkur oliygoh yotoqxonasida turgan qiz kechki payt o‘ziga tanish bo‘lgan yigit bilan uchrashuvga chiqqani uchun dori ichib o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Shuningdek, yuqoridagi xabarda aytilishicha, qizning tyutori (“guruh murabbiyi”) talabalar turar-joyi komendanti bilan birgalikda unga ruhiy bosim qilib, tanbeh bergan. Buning oqibatida esa u o‘ziga nisbatan “dahshatli suiqasd” uyushtirgan.

Buxoro viloyati prokuraturasi mazkur xabarga oydinlik kiritdi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu voqea tafsilotlari quyidagicha:

Kecha, 26-iyun kuni Buxoro muhandislik texnologiya institutining talabasi bo‘lgan T. M. me’yoridan ortiq qon bosimini tushuruvchi dori vositalarini iste’mol qilganligi sababli, zaharlanib, shu kuni shifoxonaga yotqizilgan hamda bemorga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ayni paytda u davolanmoqda.

Tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan. Institut va boshqa masʼul shaxslarning hatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.