Buxoro yangiliklari

Buxoro shahridagi yo‘llarda tezlik uchun 60 km/s cheklov joriy etildi (-mi?)

photo 788

Loading

O‘tgan haftada Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 66-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Hokimlik binosining kichik majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat IIB YHXB boshlig‘i Anvar Ahmedovning axboroti tinglandi. Unga ko‘ra, oxirgi 9 oyda sodir etilgan yo‘lllardagi avariyalar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,6% ga kamaygan. Biroq Jondor (3 taga), Peshko‘ (1 taga), Qorovulbozor (1 taga) tumanlari hamda Buxoro shahrida (4 taga) ko‘payishiga yo‘l qo‘yilganini ta’kidladi. Yo‘l-transport hodisalarining 52 tasi tezlikni oshirish oqibatida sodir etilgan.

photo 02 268

Buxoro shahrida umumiy 68 ta yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan bo‘lib, hodisalarning 9 tasi o‘lim bilan yakunlangani aytib o‘tildi.

Sessiyada harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha viloyat maxsus komissiyasining Buxoro shahridagi quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakatlanishining yuqori tezligini soatiga 60 km etib belgilash yuzasidan taklifi ko‘rib chiqildi hamda bu borada deputatlarning fikr-mulohazalari eshitildi va ma’qullandi:

1. Islom Karimov ko‘chasi – 60 km/s;

2. Muhammad Iqbol ko‘chasi – 60 km/s;

3. Namozgoh ko‘chasi – 60 km/s;

4. Abu Ali ibn Sino ko‘chasi – 60 km/s;

5. Bahouddin Naqshband ko‘chasi – 60 km/s;

6. Navoiy shoh ko‘chasi – 60 km/s.

photo 01 179

Ayni damda ushbu taklif tasdiqlash uchun yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasiga taqdim etilgan bo‘lib, yaqin kunlarda ushbu qoidalar kuchga kirishi kutilmoqda.

photo 04 128
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.