Salomatlik
Tishlar nega sarg‘ayadi va buni oldini olish mumkinmi?
Agar tishlaringiz qorayib, sarg‘aya boshlaganini payqagan bo‘lsangiz, avval bu holatga nima ta’sir qilayotganini aniqlash kerak. Emal rangini qanday aniqlash mumkinligini, bu vaziyatda qanday yechim tutish kerakligini ma’lum qilamiz.
Tish rangiga ta’sir qiluvchi omillar:
Irsiyat. Umuman olganda, biroz sarg‘ish tishlar patologiya bo‘lmasa, bakteriyalarga juda chidamli bo‘ladi. Bu hatto tishlar uchun ham foydali.
Emalni yupqalash. Bunday holatda, tishlar dentin emal orqali yorqin ko‘rina boshlaganligi sabab sarg‘ayadi. Buning oldini olish qiyin, biroq yomon odatlardan voz kechsangiz, jarayonni sekinlashtirishingiz mumkin.
Mexanik shikastlanish. Jarohatlar, bruksizm (uyquda tishlarni g‘ijirlatish), juda qattiq ovqat ham tishlarning sarg‘ayishiga sabab bo‘ladi.
Kimyoviy ta’sirlar. Ichimlik suvida ftoridning ko‘p bo‘lishi, antibiotiklarni qabul qilish (masalan, tetratsiklin) tishlarni sarg‘aytirishi mumkin.
Zararli odatlar. Bu holatda emal rangining o‘zgarishi emalning shikastlanishi va undagi pigmentli moddalarning cho‘kishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, chekish paytida og‘izda harorat farqlari paydo bo‘ladi, bu esa emalda mikro yoriqlar hosil bo‘lishiga olib keladi, ular asta-sekin smola tutuni va tutundan cho‘kadigan boshqa moddalar bilan tiqilib qoladi. Issiq choy va qahva xuddi shunday xususiyatga ega. Sun’iy ranglardan tayyorlangan gazli ichimliklar va qizil sharobni doimiy iste’mol qilish, tishlardagi emalni korroziyaga olib keladigan kislotalarning tarkibi tufayli shu holat kuzatiladi.
Tish sarg‘ayishini qanday oldini olish mumkin?
Tish chirklari bilan bog‘liq muammoni hal qilish uchun yomon odatlardan voz kechishingiz, kalsiyga boy ovqatlar iste’mol qilishingiz, ichimlik suvining tarkibi va sifatini nazorat qilishingiz, kamida olti oyda bir marta tish shifokorining oldiga borishingiz, tish cho‘tkasini to‘g‘ri tanlashingiz va gazli ichimliklarni iste’mol qilishni kamaytirishingiz kerak.
Tishlarni sarg‘aytiruvchi mahsulotlar:
– qizil vino;
– qahva;
– pomidor sousi;
– choy;
– gazlangan, energetik ichimliklar.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi