Buxoro yangiliklari
Ertaga O‘zbekiston kubogi finali o‘tkaziladigan Buxoro stadioniga kimlar kirishi mumkin?
Ertaga O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi doirasida “Navbahor” va “Nasaf” jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Ushbu bahs oldidan O‘z PFL matbuot xizmati muhim ma’lumotni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, jamoalar finalda o‘zining an’anaviy libosidan foydalanadi. “Navbahor” ko‘k rangli formada harakat qilsa, “Nasaf” qizil liboslardan foydalanadi.
O‘yin boshlanish arafasida Buxoro viloyati IIB aholiga murojaat bilan chiqdi. Quyida uning to‘liq matnini e’lon qilamiz va diqqat bilan o‘qib chiqishni tavsiya etamiz:
Hurmatli fuqarolar va viloyatimiz mehmonlari! Qadrli futbol muxlislari va fan klub a’zolari!
Joriy yilning 30-oktabr kuni soat 17:00 da “Buxoro” sport majmuasida “O‘zbekiston Coca-Cola kubogi” ning final o‘yini Namanganning “Navbahor” va Qarshining “Nasaf” klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu final bahsini namunali tashkil etish, yo‘l harakati va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida taalluqli idoralardan barcha kuch va vositalar jalb etilgan.
Viloyatda ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat berish va nazorat qilish komissiyasining qaroriga asosan:
– final bahsi o‘tkaziladigan sport majmuasiga fuqarolarning hayoti va salomatligiga xavf soladigan turli buyumlar (tutun chiqaruvchi, portlovchi va tez alangalanuvchi, tosh va shunga o‘xshash qattiq, kesuvchi va sanchuvchi jismlar hamda plastik idishlar) ni olib kirish qat’iyan ta’qiqlanadi.
– spirtli ichimlik iste’mol qilgan, narkotik va psixotrop moddalar ta’siri ostida bo‘lgan shaxslar stadionga kiritilmaydi.
Futbol musobaqasi jarayonida tartibsizliklar keltirib chiqarmaslik, hakam va o‘yinchilarning sha’niga turli haqoratli so‘zlarni yo‘llamaslik, baland ovozda so‘kinmaslik talab etiladi.
Yuqoridagi talablarni buzgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishlari to‘g‘risida ogohlantiramiz.
Ishqibozlarning hatti-harakatlari va stadionining har bir sektori huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari tomonidan alohida nazoratga olinib, shaxsni identifikasiya qiluvchi foto, video hamda dron orqali tasvirga olib boriladi va tartibni buzgan yoki huquqbuzarlik sodir etgan fuqaroning shaxsiga oydinlik kiritilib, tegishli choralar ko‘riladi.
Shunigdek, Buxoro shahar hokimining tegishli farmoyishiga asosan, markaziy stadionga olib boruvchi quyidagi avtomobil yo‘llari va ko‘cha tarmoqlarida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida transport vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik cheklanadi:
– Navoiy shoh va Muhammad Iqbol ko‘chalari bilan kesishgan qismidan Muhammad Iqbol va Hamza ko‘chalari tutashgan qismigacha;
– Muhammad Iqbol va Islom Karimov ko‘chalari bilan kesishgan qismidan Islom Karimov va Sadriddin Ayniy ko‘chalari kesishgan qismigacha;
– Islom Karimov va Ibrohim Mo‘minov ko‘chalari kesishgan qismidan Islom Karimov va Hofiz Tanish Buxoriy ko‘chalari kesishgan qismigacha;
– Islom Karimov va Jalol Ikromiy ko‘chalari kesishgan qismidan Islom Karimov va Bahouddin Naqashband ko‘chalari kesishgan qismigacha;
– Bahouddin Naqashband va Murod Avliyo ko‘chalari kesishgan qismidan Navoiyshoh va Ibrohim Mo‘minov ko‘chalari kesishgan qismigacha hamda Namozgoh va Abdulla To‘qay ko‘chalari kesishgan qismigacha bo‘lgan masofa.
Barcha haydovchilardan tartibga soluvchi xodimlarning ishoralari va yo‘l belgilari talablariga rioya qilishlarini so‘raymiz!
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi