Salomatlik
Tez charchab, kayfiyatingiz o‘zgarib, kasal bo‘lib qolyapsizmi? Buning sababini bilib oling
Agar tez-tez tushkunlikka tushsangiz, charchasangiz, doimo o‘zingizni kuchsiz his qilsangiz va shamollashdan aziyat cheksangiz – buning sababi ehtimol, ovqatlanish bilan bog‘liqdir. To‘g‘ri ovqatlanish D vitamini muvozanatiga yordam beradi.
Immunitetni mustahkamlaydi
D vitamini immunitetni to‘liq nazorat qiladi. Ushbu vitamin yetishmovchiligi bilan birga zamburug‘ kasalliklari, parazitar kasalliklar, shamollash va ichak infeksiyalari xavfi ortadi.
Kayfiyatni ko‘taradi
Olimlar kayfiyat buzilishi va D vitamini tanqisligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi: depressiyaga uchragan odamlarda ko‘pincha bu vitamin yetishmaydi. D vitamini serotonin ishlab chiqarishni ko‘paytirishi isbotlangan. Ikkinchi toifa qandli diabet bilan og‘rigan ayollarda D vitamini qabul qilishni boshlaganidan keyin depressiya va tashvish kamaygan, ammo bu hali ham faraz bo‘lib, uni tasdiqlash uchun ko‘proq tadqiqotlar talab etiladi.
Ehtimol, ruhiy tushkunlik va tashvishga tushgan odamlar kam ovqatlanadi, kamroq harakat qiladi va ochiq havoda kamroq bo‘lishadi — bu esa D vitamini yetishmovchiligiga olib keladi.
Yurakni himoya qiladi
D vitamini endotelial va silliq mushak hujayralariga ta‘sir qilib, qon bosimini tartibga soladi; yurak mushaklarining o‘zini mustahkamlaydi va qon tomirlarini mustahkam va elastik saqlashga yordam beradi.
Suyaklarni mustahkamlaydi
D vitamini kalsiyning yaxshiroq so‘rilishini ta’minlaydi, tish va tirnoqlarni mustahkamlaydi, kariyes va milk kasalliklari xavfini kamaytiradi. Bu, ayniqsa, D vitamini yetishmovchiligi tufayli raxit bilan og‘riy boshlagan bolalar uchun juda muhimdir — bu suyak kasalliklari va skeletning egriligiga olib keladi.
Energiya bilan ta’minlaydi
Agar surunkali charchoqni his qilsangiz, bu D vitamini tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu holda, vitaminlar kursi energiya va samaradorlikni qaytaradi. Aytgancha, D vitamini ichki organlar bilan bog‘liq muammolar tufayli charchagan bemorlarning jigar transplantatsiyasiga ham yordam beradi.
D3 yoki D2 vitamini?
D vitaminining ikkita asosiy shakli mavjud: D2 (ergokalsiferol) va D3 (xolekalsiferol). D2 vitamini ko‘proq o‘simliklarda, D3 — hayvonlarda uchraydi. D vitamini tanqisligini tuzatish uchun qaysi qo‘shimchani qabul qilish kerak? Ikkalasi ham foydali, lekin D3 biroz samaraliroq: u D vitamini darajasini tezroq oshiradi va organizm tomonidan tezroq so‘riladi.
Tabiiy D vitaminimi yoki kapsulalarmi?
Tabiatda D3 vitaminini ushbu oziq-ovqatlardan olish mumkin (vitamin tarkibini kamaytirish orqali):
– baliq yog‘i;
– qizil baliq;
– qo‘ziqorinlar;
– boyitilgan sut va sut o‘rnini bosuvchi mahsulotlar;
– boyitilgan apelsin sharbati;
– boyitilgan yormalar;
– mol go‘shti jigari.
Vitaminlarni oziq-ovqatdan olish har doim yaxshiroqdir: haqiqat shundaki, ma’lum bir vitaminning ortiqcha bo‘lishi tanqislikdan ham ko‘ra ko‘proq zararli bo‘lishi mumkin. Oziq-ovqat tarkibidagi vitaminlar ulushi bilan dozani oshirib yuborish xavfi bo‘lmaydi. Ammo tahlillar vitaminning jiddiy yetishmasligini ko‘rsatgan bo‘lsa, unda ratsionni o‘zgartirish foydali bo‘ladi.
D vitamini yetishmasligini qanday bilish mumkin?
– charchoq;
– kayfiyat o‘zgarishi;
– mushaklarda og‘riq va kuchsizlik;
– immunitetning pasayishi;
– doimiy yallig‘lanish;
– infeksiyalar;
– raxit (bolalarda);
– suyak kasalliklari.
Ammo, bu alomatlar aynan D vitamini yetishmovchiligini ko‘rsatishi shart emas. Bu boshqa kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi