Buxoro yangiliklari

Deputat “bemor nega 72 000 so‘m to‘lashi kerak?”, – deya so‘rayotgan vaqtda, Qorako‘l tuman hokimligi tayyorlangan ma’lumotlar to‘g‘riligini shubha ostiga oldi

photo 835

Loading

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Davlat moliyaviy nazorati tizimi hamda beg‘araz yordam doirasida keltirilgan tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Mazkur loyiha bilan sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatini oshirish, tibbiy asbob-uskunalardan samarali foydalanish maqsadida bepul tibbiy yordam huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga ushbu anjomlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Majlisda deputat Ilhom Abdullayev hujjat loyihasi bo‘yicha ma’ruzachi, moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonovga savol berib, jumladan, beg‘araz yordam doirasida keltirilgan tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish davlat byudjetiga bir yilda qanchaga tushishishi hamda nega ulardan foydalanish chet hududlarda yashovchi oilalarga pullik xizmat sifatida ko‘rsatilayotganini so‘radi.

– Qo‘limdagi ro‘yxatga ko‘ra, ushbu barcha tibbiy asbob-uskunalarni saqlash va boshqa harajatlar uchun jami 23 000 000 000 so‘m mablag‘ zarur. Biroq bu yerda bu uskunalarning, hozirgi kunda qaysilari ishlayapti yoki yo‘q, bu haqda ma’lumotlar kiritilmagan. Undan keyin, bu summa vazirlik uchun arzimagan mablag‘, shunday ekan bu uchun byudjet mablag‘larini jalb qilsa bo‘lmaydimi? Yana ayrim joylarda mantiqan noto‘g‘ri ham yondoshilgan, nazarimda. Masalan, ro‘yxatda keltirilishicha, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, 42-oilaviy poliklinikadagi beg‘araz yordam doirasida keltirilgan sun’iy nafas berish apparati uchun 72 000 so‘m to‘lov chiqarilgan. Nima, SSV Qorako‘lga shunday apparatni olib borib o‘rnatib, qo‘ya olmaydimi? Budjet hisobidan olib borib qo‘yilgan apparatdan foydalanganlik uchun to‘lov joriy qilinsa, mantiqqa to‘g‘riroq bo‘lmaydimi? – deydi deputat.

Qonunchilik palatasi ppikeri Nurdinjon Ismoilov esa deputatning ushbu savoliga o‘z fikrini bildirib, beg‘araz keltirilgan apparatlardan pullik foydalanishga taqiqni milliy qonunchilikka o‘zlari kiritgani, buni taqiq o‘rnida ko‘rmaslik kerakligini hamda bu xalqaro tajribada ham borligini aytdi:

– Nega bunga imkon bor bo‘lsa, taqiqlashimiz kerak? Ishlataversin. Bepul tibbiy yordam huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga mazkur tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish imkoniyati yaratish va ulardan tushgan mablag‘lardan uskunalarni saqlash yoki boshqa xarajatlarga ishlatish mumkin bo‘lishi kerak, – deydi Spiker.

Uzoq davom etgan bahs va munozaralardan so‘ng, deputatlar tomonidan berilgan takliflar e’tiborga olinib, qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi hamda masala keying o‘qish muhokamasida qayta ko‘rib chiqishi belgilandi.

Video:

Qorako‘l hokimligi matbuot xizmati esa quyidagi rasmiy xabarni tuman Tibbiyot birlashmasining ma’lumotlariga tayanib, e’lon qilmoqda:

Birinchidan, Qorako‘l tumanida 42-oilaviy poliklinika yo‘q va mavjud bo‘lmagan ham.
Ikkinchidan, sun’iy ventilyasiya apparatlaridan faqatgina reanimatsiya bo‘limida foydalaniladi.
Uchinchidan, Qorako‘l tumanida 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 9 ta oilaviy poliklinika, 10 ta oilaviy shifokorlik punkti, 7 ta MTP va 13 ta filiallar mavjud bo‘lib, birortasida mazkur apparatdan mavjud emas. Shuningdek, mazkur tibbiyot muassasalarida xech qanday pullik xizmat yo‘lga qo‘yilmagan.

Shuningdek, deputatlarga taqdim qilinayotgan ma’lumotlar qay darajada pishiq va puxta tayyorlanayotganiga shubha qilib, o‘z xabarini yakunlamoqda tuman hokimligi Matbuot xizmati.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.