Islom

Bu rivoyat faqat hali er go‘shangaga kirmasdan, yangi er-xotin jinsiy yaqinlik qilib ulgurmasdan oldin “uch taloq” qilingan ayollarga xos…

picture 12

Loading

Birdaniga uch taloq qilish bir taloqqa o‘tadi, deganlarning hadislar ichidagi dalillari Imom Muslim o‘z sahih to‘plamida keltirgan quyidagi xabarlardir:

عن ابن عباس رضي الله عنه ، قال :كان الطلاق الثلاث على عهد رسول الله صلى الله عليه وسلم وأبي بكر وسنتين من خلافة عمر طلاق الثلاث واحدة ، فقال عمر رضي الله عنه : إن الناس قد استعجلوا فيأمر كانت لهم فيه أناة ، فلو أمضيناه عليهم. فأمضاه عليهم

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: Rasululloh sollalloh alayhi va sallamning, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning va Umar roziyallohu anhuning xalifaligidan 2 yilgacha bo‘lgan davrda “uch taloq” (so‘zi) bir taloqqa hisoblanar edi. Bas, Umar ibn Hattob aytdiki: “Odamlar sabr-bardoshli bo‘lishi kerak bo‘lgan ishda shoshqaloqlik qilib yuborishdi, agar, ularga uch taloq so‘zini uchta taloqqa o‘tadigan qilsak, (balki oila ishida shoshqaloqlik qilmasalar kerak). Bas, (Umar roziyallohu anhu uch taloq so‘zini uchta taloqqa) o‘tadigan qilib qaror chiqardi” (Imom Muslim).

عن ابن عباس : أن أبا الصهباء قال لابن عباس : هات من هناتك، ألم يكن الطلاق الثلاث على عهد رسول الله صلى الله تعالى عليه وسلم أبي بكر واحدة ؟َ! قال : قد كان بذلك ، فلما كان في عهد عمر تتابع الناس في الطلاق فأجازه عليهم

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilindiki, Abu Sahba ibn Abbosga dedi: “(Aytib yurgan) haligi xabarlaringizni (menga ham) keltiringchi, (axir) Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va Abu Bakr roziyallohu anhuning davrlarida uch taloq bittaga o‘tmasmidi?!”. Ibn Abbos roziyallohu anhu javob berdi: “O‘shanday bo‘lgan, qachonki, Umarning davriga kelib odamlar taloq qo‘yishda shoshilib ketdilar, taloqni ko‘paytirib yubordilar. Bas, Umar ularga (uch taloqni uchtaga) o‘tadigan qildi” (Imom Muslim).

Muxoliflarning sunnatdan keltirgan ushbu dalillariga javobi:
Imom Muslim rivoyat qilgan bu 2 xabar asli mazmun-mohiyati jihatidan bittadir. Ahli sunna ulamolari tarafdan bu xabarlarning ham ijmo’i ummat yo‘liga “zidligi” go‘zal va qoniqarli tarzda izohlab berilgan.
Birinchidan, bu xabarda jamlab aytilgan “uch taloq” emas, balki, bir vaqtning o‘zida uch marta takror aytilgan “taloq” so‘zi haqida gap borgan. Ya’ni, “Sen taloqsan, sen taloqsan, sen taloqsan!”, – degan ibora bilan. Darhaqiqat, Hazrati Umar roziyallohu anhu davrining ikkinchi yiliga qadar “Sen taloqsan, sen taloqsan, sen taloqsan!”, – degan iborada agar, ta’kid va isti’nof (yangi taloq) ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, undan faqat bitta taloq tushunilgan, hukmi ham bir taloq bo‘lgan. Chunki, u davrlarda yashagan zotlarning qalbi pok, so‘zlari o‘ta ishonchli bo‘lgan. Yuqoridagi tarzda taloq qilgan kishi: “Men ta’kidni ham isti’nofni ham iroda qilmaganman”, – desa yoki faqat ta’kidni iroda qilgandim, desa, uning so‘ziga ishonilgan. Lekin, vaqtlar o‘tib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam janoblarining zamonalari uzoqlashgan sari, asta-asta fitnalar ko‘paydi, aldovlar ommalashib, oilalarda bu hol ko‘p uchray boshlagach, Umar ibn Hattob roziyallohu anhu bu holga chek qo‘yish maqsadida, “Sen taloqsan, sen taloqsan, sen taloqsan!”, – degan so‘z bugundan boshlab isti’nof ma’nosida tushuniladi, endi u so‘z ilgargidek bitta emas, balki, uchta taloqqa o‘tadi”, – deb hukm chiqardilar. Sahobai kiromlarning hammalari bu qarorni yakdillik ila qabul qildi, hatto yuqoridagi rivoyatning sohibi Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning o‘zi ham.

Aslida, asri saodatda ham birdaniga aytilgan, “Sen uch taloqsan!” qabilidagi iboralardan bitta emas, 3 ta taloq yuz bergan. Bunga yuqorida yetarlicha dalillar taqdim qilingan bo‘lsa-da, quyidagini ham qo‘shimcha qilib o‘tish foydadan holi emas:

Abu Bakr ibn al-Munzir rahmatullohi alayh o‘zining fiqhiy ixtilof va ijmo’ masalalariga atalgan “al-Avsat” nomli asarida Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning ayolini taloq qilib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning buyruqlariga binoan qayta nikohlab olgani haqidagi mashhur xabarni 7598-raqam bilan qaydga oladi va uning sharhida bu xabar yettita ma’noga dalolat qilishini aytib, ularni qator sanab o‘tadi. Shu ma’nolarning birinchisi, “Ibn Umar ayolini bir taloq qilgan edi, chunki, u kishi agar uch taloq qilganida, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam u kishiga xotinini qaytib olishni amr qilmasdilar”, – deydi. (Avsat. 9/134bet). Ibn al-Munzirning bu izohi shunga ishora qiladiki, asri saodatda ham bir vaqtda jamlab aytilgan “uch taloq” uchta taloqqa hisoblangan.

Ikkinchidan, bu hadisda keltirilgan “Uch taloq” so‘zidan sarohatan uch taloq emas balki, “batta” so‘zi iroda qilingan bo‘lishi mumkin. Chunki, ilgari “sen battasan”, degan so‘zdan hech qanday raqam ko‘zlanmasa, uch taloqqa hukm qilinar, agar bir taloq ko‘zlansa, bittaga hukm qilinar edi. Qachonki, Umar ibn Hattob roziyallohu anhu davri kelgach, odamlar orasida to‘g‘riso‘z va ishonch kamayib ketgani bois, “Men bir taloqni iroda qilgandim”, deguvchilarga ham, “batta” so‘zining umumiy ma’nosi bo‘yicha, uch taloq hukmi chiqarilgan. Xabarda aynan “batta” so‘zi emas, balki “uch taloq” iborasi qo‘llanilganiga kelsak, mumkin, oradagi roviylardan biri “batta” so‘zining umumiy ma’nosiga tayanib, uni “uch taloq” so‘ziga almashtirib qo‘ygan bo‘lishi kerak. Bu xulosani ushbu xabar bilan asoslash mumkin:

Umar ibn Abdulaziz aytganlar: agar taloqning adadi mingta bo‘lsa ham, “batta” so‘zi uni qamrab olgan bo‘lardi (Al-ishfoq ’ala ahkomit-taloq, 25-bet). Ya’ni, انت بتة , “Sen battasan!” deb aytsa, uchta taloq voqe bo‘ladi. Mabodo taloqning adadi mingtagacha bo‘lganida edi, u so‘z bilan mingta ham voqe bo‘lardi, demoqchi. “Al-Muvatto” da keltirilishicha, Imom Molikning nazdida “batta” so‘zi bilan hamisha uch taloq tushadi.

Uchinchidan, bu hadis umumiy emas, balki g‘ayri madhula (eri bilan bir marta ham qovushmagan) ayollar haqida aytilgan bo‘lishi mumkin. Darhaqiqat, Hazrati Umar roziyallohu anhuning davriga qadar eri bilan qovushmagan ayollarga aytilgan “uch taloq” bitta taloqqa hukm qilingan. Hazrati Umarning davriga kelib, odamlar oila ishlarida yengil bo‘lib, taloq qilishga shoshib ketganlarini hisobga olib, ularga jazo tariqasida, g‘ayri madxula ayollarga aytilgan uch taloqni ham uchtaga o‘tadi, deb hukm qilingan. Bu xulosani quyidagi xabar bilan asoslash mumkin:

عن طاوس، ان رجلا يقال له: ابو الصهباء كان كثير السوأل لإبن عباس، قال: أما علمت أن الرجل كان إذا طلق امرأته ثلاثا قبل ان يدخل بها جعلوها واحدة على عهد رسول الله صلى الله تعالى عليه وسلم أبي بكر و صدر من امارة عمر؟ قال ابن عباس: بلى، كان الرجل إذا طلق امرأته ثلاثا قبل ان يدخل بها جعلوها واحدة على عهد رسول الله صلى الله تعالى عليه وسلم أبي بكر و صدر من امارة عمر، فلما رأى الناس قد تتابعوا فيها قال: اجيزوهن عليهم

Tovus rahmatullohi alayhdan rivoyat qilindi: Abu Sahbo deb atalgan bir kishi ibn Abbosga ko‘p savol berardi. Bir kun shunday dedi:
— “Bilasizmi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning davrida, Abu Bakrning davrida va Umarning ilk amirligida, g‘ayri madxula ayolga aytilgan “uch taloq” bittaga o‘tar edi-ku?!”.
— Ibn Abbos javob berdilar: “Ha shunday, darhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning davrida, Abu Bakrning davrida va Umarning ilk amirligida, jinsiy yaqinlik qilinmagan ayolga aytilgan “uch taloq” bittaga o‘tar edi. Qachonki, Umar odamlarning shoshqaloqliklarini ko‘rgach, “g‘ayri madxulaga aytilgan “uch taloq”ni ham uchtaga o‘tkazinglar!”, – deb amr qildi (Abu Dovud, Bayhaqiy rivoyatlari).

Bu xulosaga tayanib aytish mukinki, imom Muslim rivoyatiga suyanib, muxoliflarning umumiy tarzda: “Bir so‘z bilan aytilgan uch taloq bittaga o‘tadi”, – deb qaror qilishlariga hech qanday dalil va asos yo‘q!” Bu rivoyat faqat hali er go‘shangaga kirmasdan, yangi er-xotin jinsiy yaqinlik qilib ulgurmasdan oldin “uch taloq” qilingan ayollarga xos bo‘lib, u ham bo‘lsa Umar ibn Hattob roziyallohu anhuning davrigacha amalda bo‘lgan xolos.

Xullasi kalom, hazrat Umar ibn Hattob roziyallohu anhuning qaroridan kelib chiqib aytish mumkinki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning davrida, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning davrida va hazrat Umar raziyallohu anhuning ilk amirlik davrida bir taloqqa hukm qilingan “uch taloq” keyinchalik bekordan-bekorga uch taloqqa o‘tkazilmagan! Albatta, uning asosi va dalili bo‘lgan!

Zotan shuni unutmaslik kerakki, tarixda “Umari odil”, deb nom qoldirgan, Rasululloh janoblari taraflaridan “Umar qayerda bo‘lsa, haq o‘sha yerdadir!”, – deb ta’rif berilgan va tiriklik chog‘idayoq jannat bashoratini naqd qilib qo‘ygan, Rasuli akram sollallohu alayhi va sallamning yaqin birodari Umar ibn Hattob roziyallohu anhu ummat ustida bir hukmni bekor qilib, boshqasini chiqarar ekan, obdon o‘ylab, sahobalar bilan kengashib va, shubhasiz, kuchli dalilga asoslanib qaror qilganlar. Kim bundan shubhalansa, Umar ibn Xattob raziyallohu anhuni yaxshi tanimas ekan!

Ibn Taymiya va Ibn Qayyim mavzuga doir shaxsiy qarashlarini ijmo’ bilan asoslashdan oldin, jumhur tomondan aytib kelinayotgan ijmo’ni inkor qiladilar. Ularning fikricha, “Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning uch taloqni uchta taloqqa o‘tkazib chiqargan qarorlari umumiy bo‘lmagan, balki vaqtinchalik ta’zir qabilidagi hukm bo‘lgan xolos. Asli ijmo’ esa, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning davrida sobit bo‘lgan. Ya’ni, uch taloq bir taloqqa o‘tadi, degan hukmning ijmo’si. Umar roziyallohu anhu bu qarorni o‘zgartirganidan keyin, ayrim sahobalar uning qaroriga muvofiq bir vaqtda aytilgan uch taloq uchta taloqqa o‘tadi, deb fatvo berganlari rost. Ammo, bu oilaviy munosabatlarda yengiltak odamlarga ta’zir — jazo tariqasida chiqarilgan fatvolar edi, umumiy emas”.

Shuningdek, ular jumhur tomonga raddiya sifatida aytishadiki, “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafot qilgan davrda minglab sahobalar bor edi. Tabiiyki, ularning bari uch taloqni bir taloqqa o‘tadi, deb bilishgan. Sizlar esa adadi atigi yigirmataga ham yetmagan sahobalarning rivoyatlariga suyanib, Umar ibn Xattobning e’loniga sahobalar ijmo’si sobit bo‘lgan, demoqdasiz. Bu darajada ozchilikning so‘zi bilan ijmo’ni da’vo qilishning o‘zi durust emas-ku?! Umar ibn Xattobning davrida ijmo’ bo‘lmagan. Balki, biz aytgandek, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning davrida bir lafzli uch taloq bir taloqqa o‘tadi, deb ijmo’ qilingandir, biz o‘sha ijmo’ga suyanamiz”.
Davomi bor….

Muallif: Hikmatulloh Ibrohim. Tahrir qiluvchi: Hamidulloh Beruniy.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    photo
    18.03.2024

    Buxoroda maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus va yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan avariya oqibatida o‘quvchi halok bo‘ldi (video)

    photo
    29.02.2024

    Buxorodagi san’at maktabida usta pianinoni keti bilan chalgani rostmi yoxud feyk-xabar ortida nima turibdi?

    photo
    27.02.2024

    Buxorolik tadbirkorning o‘z joniga qasd qilgani rostmi yoxud yolg‘on xabar ortida shaxsiy manfaat turibdimi?

    photo
    26.02.2024

    Buxoroda aeroport orqali qadimiy tangalarni Dog‘istonga olib ketishmoqchi bo‘lishdi

    photo
    23.02.2024

    Har bir murojaat e’tiborda — Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi

    photo
    09.02.2024

    Ipoteka krediti asosida olingan uy-joyni kreditni to’lamasdan boshqa shaxsga sotish mumkinmi?

    photo
    31.01.2024

    Huquqshunos sharhi: talabalar ham oliygohdan “suyunchi puli” olishga haqli

    picture
    25.01.2024

    Murodjon Umarov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

    picture
    23.01.2024

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Achilovga hayfsan berildi

    picture
    19.01.2024

    “Yordam beringlar, otam onamni o‘ldiryapti!” — 20 yillik turmushdan so‘ng qorako‘llik erkak o‘z xotinini bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

    picture
    18.01.2024

    G‘ijduvonlik “uddaburon” tanishining xonadonidan tamaki kontrabandasi uchun foydalanmoqchi bo‘ldi

    picture 1
    17.01.2024

    Markaziy bankning Buxorodagi rahbari Erkin Mansurovning 20 mln dollarlik jinoyat ishidagi aybi isbotlanmadi

    picture
    17.01.2024

    Buxoroda bojxona orqali jangovor o‘qlarni olib o‘tishga urinish bo‘ldi

    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.