Buxoro yangiliklari
Kogon shahridagi markaziy dehqon bozorida nima tekshirilmoqda?
Kuni kecha Buxoro viloyatining Kogon shahridagi dehqon bozorida nazorat tadbirlari o‘tkazildi, – deya xabar bermoqda Buxoro viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi matbuot xizmati.
Kogon shahridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi ishchi guruhi tomonidan shahardagi dehqon bozorlarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati tekshirildi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi «Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 5696-son Farmoni va «O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» gi 4254-son qaroriga muvofiq Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etilgan. Buxoro viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi esa boshqa hududiy bo‘linmalar qatori tashkilot tarkibiy qismi hisoblanib, quyidagilar uning asosiy vazifalari sifatida belgilangan:
– veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, ushbu sohada davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish, veterinariya faoliyatini lisenziyalashni amalga oshirish;
– veterinariya sohasi va chorvachilikning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, qoramolchilik, qo‘ychilik, qorako‘lchilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilikni rivojlantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini muvofiqlashtirish hamda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
– mamlakat hududlarini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni ta’minlash, amaliyotga hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini joriy etish, mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarishni tashkil etish;
– epizootik osoyishtalikni ta’minlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash, tashxis qo‘yish va tarqalishining oldini olishga doir profilaktika ishlarining samaradorligini monitoring qilish;
– chorvachilik va naslchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yagona mexanizmlarini amalga oshirish, chorvachilik xo‘jaliklariga ozuqa yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlarida chorva ozuqa ekinlarini joylashtirishni tashkil etish hamda yuqori hosildorlikka erishishni monitoring qilish;
– chorvachilik tarmoqlarida hayvonlarni identifikasiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash ishlarini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi hayvonlarini zoti bo‘yicha rayonlashtirish;
– veterinariya va naslchilik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi hamda veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning sifati va muomalasi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
– veterinariya va naslchilik-seleksiya sohalarida ilmiy, uslubiy va ta’lim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovasiya ishlanmalari natijalari veterinariya va naslchilik-seleksiya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish;
– chorvachilik mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni ta’minlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etish, veterinariya va chorvachilik sohalariga xorijiy investisiyalar va grant mablag‘larini jalb qilish;
– soha kadrlarini tizimli tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish, rahbar hamda mutaxassislarning ish uslubi va shakllarini takomillashtirish.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi