O‘zbekiston

Siz rasman ishsiz boʻlsangiz, 10 mln soʻmgacha subsidiya olishingiz mumkin

photo 6 2

Loading

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan, aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar ajratiladi:

– yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha (9 mln so‘mgacha) miqdorida;

– sug‘orish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln so‘mgacha) miqdorida;

– urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha (900 ming so‘mgacha) miqdorida;

– ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va tashqi mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln so‘mgacha) miqdorida;

– “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga 3 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato to‘qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun – har bir dastgoh uchun BHMning 10 baravarigacha (3 mln so‘mgacha) miqdorida;

– “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi a’zolariga qo‘l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish o‘rni yaratish sharti bilan BHMning 10 baravarigacha (3 mln so‘mgacha) miqdorida;

– 2025-yil 1-yanvargacha jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravaridan oshmagan (600 ming so‘mgacha) miqdorda bir martalik;

– tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun – 7 million so‘mgacha, xotin-qizlarga 10 million so‘mgacha;

– tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki 3 oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovini to‘lash uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln so‘mgacha) miqdorida;

– hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlari uchun – a’zolik badali miqdorida;

– aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan o‘tgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlayotgan ishsiz shaxslarga – yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun – sarflanadigan xarajatlarni to‘lashda bir martalik;

– “usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga (kulollarga) shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash uchun – 6 oy davomida har oyda BHMning 2 baravaridan (600 ming so‘mdan) kam bo‘lmagan miqdorda;

– shogirdlarga – mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish, shuningdek, ustalarga – internet saytlarini tashkil etish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 25 baravari (7,5 mln so‘m) miqdoridan oshmaydigan qismiga subsidiya ajratiladi.

Asos: https://lex.uz/docs/6002834

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.