Salomatlik
Dorilarsiz qonda shakar miqdorini tushirish uchun 10 ta mahsulot
Ikkinchi toifa qandli diabetga moyil bo‘lganlar yoki allaqachon kasallik bilan yashayotganlar shakar miqdori past bo‘lgan parhezga rioya qilishi juda muhimdir. Aytgancha, qand miqdorining ko‘tarilishi hatto sog‘lom odamlarning kayfiyati va ishlashiga ta’sir qiladi. Tanishtirib o‘tadigan 10 ta oddiy mahsulotni nonushta, tushlik va kechki ovqatda iste’mol qilish shakar miqdorini nazorat qilishda yordam beradi.
Olma
Olmani po‘sti bilan iste’mol qilish tavsiya etiladi, uning po‘stida ko‘p miqdorda kletchatkalar mavjud, bu esa glyukoza ko‘tarilishining oldini olishga yordam beradi. Olmadan tashqari, nok, behi, olxo‘ri ham qonda qand miqdorini tushiradi.
Yong‘oqlar
Kechasi bir hovuch yong‘oq iste’mol qilish tunda shakar miqdorining ko‘tarilishidan va shu bilan birga dahshatli tushlardan qutqaradi. Yong‘oqning kunlik iste’molini ko‘paytirish uchun uni barcha yeguliklarga qo‘shish mumkin.
Loviya
Bir stakan loviya qondagi glyukoza miqdori uchun juda foydali. Dukkakli mahsulotlar kletchatka va oqsilning ajoyib manbaidir. Ammo konservalangan loviyalarni iste’mol qilishdan oldin uni yaxshilab chayish tavsiya etiladi.
Bargli ko‘katlar
Ismaloq, oddiy va Xitoy karami — bu ro‘yxatdagi haqiqiy super mahsulotlar. Bargli ko‘katlar va kraxmalsiz sabzavotlar oshqozonni to‘qlik hissi bilan ta’minlaydi, qolaversa, kletchatka ko‘p, kaloriyasi kam.
Gulkaram
Gulkaram juda foydali mahsulot bo‘lib, uni garnir sifatida ko‘proq uglevodlarga ega bo‘lgan guruch o‘rniga almashtirish mumkin. Shu bilan birga, bir stakan gulkaramda 2 gr kletchatka, 2 gr oqsil va 5 gr uglevod mavjud.
Sarimsoq
Sarimsoq ham shakarda qon miqdorini tushirishga yordam beradi. Uning o‘zini iste’mol qilish qiyin bo‘lsa, salat yoki taomlarga qo‘shish mumkin.
Pomidor
200 gr pomidor kunlik me’yorni tashkil qiladi. Undan nonushta, tushlik ham kechki ovqat uchun ajoyib taom va salatlar tayyorlash mumkin. Pomidor qon bosimini me’yorlashtiradi va yaxshi xolesterinni oshiradi. Uning yanada foydali bo‘lishi uchun zaytun moyida qovurish mumkin.
Tuxum
Tuxum hayvon oqsilining eng arzon manbaidir. Tuxumlardan taom tayyorlash uchun juda ko‘p retseptlar mavjud. Ammo ularni ko‘p iste’mol qilib bo‘lmaydi. Olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, har kuni tuxum iste’mol qilish qandli diabetga chalinish xavfini oshirishi ham mumkin.
Losos balig‘i
Odatda OMEGA-6 juda ko‘p iste’mol qilinadi, bu yallig‘lanishga olib kelishi mumkin. OMEGA-3 esa me’yoridan kam qabul qilinadi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki ayrim mahsulotlarda bu foydali elementlarning tarkibi unchalik yuqori emas. Agar losos balig‘ini topish qiyin bo‘lsa, konservalanganiga murojaat qilish mumkin: bu haftasiga 2-3 porsiya to‘g‘ri bo‘ladi.
Yog‘siz go‘sht
Buning uchun tovuq va kurka go‘shti eng maqbul variantdir. Agar qizil go‘shtni afzal ko‘rsangiz, yog‘siz qismini tanlang.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi