Islom

Otam yoki onam oʻrnida ular uchun namoz oʻqisam boʻladimi? Uning savobi kimga oʻtadi?

photo 27 1

Loading

Savol: Vafot etgan ota-onamning qazo namozlari yoki ro‘zalarini men ado etsam bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Bo‘lmaydi. Chunki namoz kimni zimmasiga farz bo‘lgan bo‘lsa, shu odamni o‘zi uni ado qilishi bilan uning zimmasidan soqit bo‘ladi. Kishining zimmasiga farz bo‘lgan namoz yoki ro‘zani boshqa kishi ado qilishi bilan birinchi kishining nomidan o‘tmaydi. Bu haqda “Fatovoi Tatarxoniya” kitobida bunday deyilgan:

وَلَوْ أَمَرَ الْأَبُ ابْنَهُ أَنْ يَقْضِيَ عَنْهُ صَلَوَاتٍ وَصِيَامَ أَيَّامٍ لَا يَجُوزُ عِنْدَنَا

Ya’ni: “Agar ota o‘g‘liga o‘zini nomidan namoz va ro‘zalarining qazosini ado qilishga buyursa, bu narsa bizning mazhabimizda joiz emas”.

Demak, tirik yoki vafot etgan kishi qazo qilgan namoz va ro‘zalarni uni farzandlari ado qilishlari bilan tirik yoki vafot etganning zimmasidan bu qarzlar soqit bo‘lmaydi. Chunki, namoz xolis badaniy ibodat bo‘lib, uni bajarishda kishi o‘zidan boshqani o‘rinbosar qilishiga shariatimiz ruxsat bermaydi. Lekin, kishi namoz o‘qib yoki boshqa ibodatni qilib, savobini vafot etganlarga bag‘ishlasa yoki hadya qilsa, bu to‘g‘ri va durust bo‘ladi. Bu haqda “Fatovoi hindiya” kitobida shunday deyilgan:

أَنَّ الْإِنْسَانَ لَهُ أَنْ يَجْعَلَ ثَوَابَ عَمَلِهِ لِغَيْرِهِ صَلَاةً كَانَ أَوْ صَوْمًا أَوْ صَدَقَةً أَوْ غَيْرَهَا كَالْحَجِّ وَقِرَاءَةِ الْقُرْآنِ وَالْأَذْكَارِ وَزِيَارَةِ قُبُورِ الْأَنْبِيَاءِ عَلَيْهِمْ الصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ وَالشُّهَدَاءِ وَالْأَوْلِيَاءِ وَالصَّالِحِينَ وَتَكْفِينِ الْمَوْتَى وَجَمِيعِ أَنْوَاعِ الْبِرِّ

Ya’ni: “Kishi qilgan amalining savobini boshqaga bag‘ishlashi mumkin. Qilgan amali – namoz o‘qish, ro‘za tutish, xayr-ehson va sadaqa qilish yoki haj qilish, Qur’on tilovati va zikr-tasbihlar qilish, payg‘ambarlar, shahidlar, avliyolar va solihlarning qabrlarini ziyorat qilish, vafot etganni kafanlash va boshqa turli yaxshi amallar bo‘lishi mumkin”.

Demak, vafot etganlarning qazo namoz yoki ro‘zalarini tiriklar ularning nomlaridan ado qilishi durust emas, lekin tiriklar nafl namoz va ro‘za kabi ibodatlarni qilib, savobini vafot etganlarga bag‘ishlashi durust va bu vafot etganlarga katta yaxshilik qilishga kiradi. Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.