Buxoro yangiliklari

Iyuldagi “Qoraqalpogʻiston voqealari” da kimlar ayblanmoqda? Sud Buxoroda oʻtadi

photo 66 1

Loading

Bir muddat avval Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi joriy yilning 1- va 2-iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan rasmiy axborot eʼlon qildi.

Unga koʻra, ertaga, 28-noyabr kuni soat 10:00 da Buxoro shahri, Gʻijduvon koʻchasida joylashgan Buxoro viloyat sudining maʼmuriy binosida yuqoridagi voqealarga aloqador 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi. Unga Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Y. Abibullayev birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqadi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchilar D. Tajimuratov, L. Kallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev, D. Djiyemuratov, B. Kadirbergenov, B. Seytniyazov, A. Toqimbetov, Q. Seytimov, A. Nuratdinov, S. Medetov, N. Nayipov, P. Shamshetov, R. Bekmuratov, S. Kaipov, B. Genjebayev, S. Kalilayev, P. Nurniyazov, S. Kalimov, N. Sultamuratov, A. Temirxanov va A. Adilbekov Jinoyat kodeksining qiyidagi moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda:
1. 28-modda. Jinoyat ishtirokchilarining turlari moddasi orqali 104-modda. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish;
2. 104-modda. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish;
3. 159-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish;
4. 164-modda. Bosqinchilik;
5. 167-modda. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish;
6. 227-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish;
7. 243-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish;
8. 244-modda. Ommaviy tartibsizliklar;
9. 244/1-modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish;
10. 247-modda. O‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash;
11. 277-modda. Bezorilik.

20 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish”, 1 nafariga “uy qamog‘i” va 1 nafariga “jamoa kafilligi” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Sud jarayoni ochiq tarzda o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun sud majlislarini videokonferensaloqa vositasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishga mo‘ljallangan hamda barcha texnik sharoitlar yaratilgan matbuot zali tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8-iyulida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Qoraqalpog‘istonda sodir etilgan ommaviy namoyishlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi (Hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov doirasida 14 nafar shaxsning hibsga olinganini ma’lum qilgandi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.