Özbekiston

“Uchar o‘zbek”: Mahmud Murodov

photo 79

Loading

Bizning UFC jangchimiz amerikalik jangchiga qarshi oktagonga ko‘tariladi

Kelgusi hafta, 24-yanvar kuni Abu-Dabida o‘tkaziladigan UFC257 turnirida o‘zbekistonlik Mahmud Murodov amerikalik Endryu Sanchezga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

29 yoshli Mahmud Murodov 2012-yilda o‘z karyerasini boshladi, 2019-yilda UFC bilan shartnoma imzoladi.

2019-yil dekabr oyida Trevor Smitga qarshi jang o‘tkazib, nokaut bilan g‘alaba qozondi. Shu kecha Mahmud Muradov eng yaxshi nokaut uchun UFC prezidenti Dana Uaytdan 50 ming dollar miqdorida mukofotni olgandi.

Endryu Sanchez 32 yoshli amerikalik jangchi, hozirda UFC o‘rta vazn jang o‘tkazib keladi. 2012-yildan beri professional jangchi. Sanchez oxirgi jangini 2020-yil avgust oyida UFC Fight Night 174 musobaqasida Vellington Turmanga qarshi o‘tkazib, birinchi raundda nokaut bilan g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba unga «eng yaxshi jang» mukofotini olib keldi.

Manba

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.