Buxoro yangiliklari

Buxoro shahrining “Piridastgir” mahallasida va 6-mikrorayonida fohishaxona tashkil qilganlar ushlandi

photo 92 1

Loading

Dunyo oʻzgarib, globallashuv jarayonlari har bir inson hayotiga taʼsir oʻtkazmasdan qolmayapti, albatta, – deya boshlangan maxsus lavhada “Istiqlol” telekanali muxbiri Zilola Xudoyqulova IIB oʻtkazgan maxsus reyd tadbiri haqida hikoya qildi. Quyida ushbu lavha asosida olingan matnli sharhni taqdim qilamiz.

Texnika rivojlanmoqda, imkoniyatlar oshmoqda, misli koʻrilmagan yangiliklar yuz beryapti. Kecha bedavo sanalgan koʻplab kasalliklarga davo topilmoqda. Biroq shu talatoʻplar orasida inson oʻzligini, maʼnaviy oʻzaklarga sadoqatini, baʼzi hollarda oriyatni ham unutib qoʻyayotganday, nazarimizda.

Ijtimoiy tarmoqlarda ora-sirada tarqalayotgan xabarlar esa kishi aqlini shoshiradi, beixtiyor yoqa tutishga undaydi. Azaldan ibo-xayosi bilan ulugʻlangan sharq ayollarining bugungi timsoli, yuzlarini qizartiradi.

Oʻz jinsiy aloqalarini syomka qilib, dunyoga koʻz-koʻz qilayotgan, beoʻxshov qiliqlari bilan andishani unutib qoʻyayotgan ayrim oʻzbek qiz (ayollar) ning xatti-harakatlari kishida afsusdan boshqa hissiyotni uygʻotmaydi. Ayolligini, ang achinarlisi onaligini unutib qoʻyib, fohishalik, qoʻshmachilik bilan shugʻullanayotgan kimsalar qilmishi inson nafratini keltiradi.

Buxoro viloyati IIB boshligʻining alohida farmoyishi bilan viloyat boʻylab aholi oʻrtasida turli yuqumli kasalliklar, xususan teri-tanosil, OIV va OITS kasalliklarining tarqalishini shuningdek, odob-axloq doirasidagi jinoyatlarni barvaqt oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish hamda bu sohadagi tartibbuzarliklar bulan keskin kurashish maqsadida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda “Oriyat” maxsus profilaktik tadbiri ishlab chiqilgan.

IIB ning kuni kecha oʻtkazgan mana shunday tadbirlarining birida Jizzax viloyati, Jizzax shahrida yashovchi 1991-yilda tugʻilgan ayol Buxoro shahri, “Piridastgir” mahallasida joylashgan koʻp qavatli uylarning oʻzi ijaraga olgan kvartiralardan birida 2 ayol va 2 erkakning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berib, buning evaziga ulardan 1 400 000 soʻm pullarni olib, fohishaxona tashkil qilganligi aniqlangan.

“– Bir nafar farzandimga qarash uchun enaga yollaganman. Unga berishga esa pulim qolmagan. Farhod bilan uchrashib, tanishib qolganmiz. Keyin u menga qoʻngʻiroq qilishini aytgan. Telefon qilib, koʻrishdik va jinsiy aloqa qilishga rozi boʻldim. U birovga telefon qildi, keyin bir ayol kelib, uyni koʻrsatdi. Biz ichkariga kirdik. Biroz oʻtib, yana oʻsha ayol bir “parochka” ni olib keldi”,– degan mazmunda oʻz koʻrsatmasini berdi yotoqxonada ushlangan A. A.

U bilan bir kvartirada boʻlgan boshqa ayol esa boshqacha koʻrsatma berdi:

“– 18-noyabr kini kechki payt menga Sh. S. ismli ayol qoʻngʻiroq qilib, tanishlarim bor, ishlaysanmi (“jinsiy aloqa” nazarda tutilyapti – tahririyat sharhi)?, – deb soʻradi. Men rozi boʻldim va 19:30 larda uchrashdik. A. B. boshqa ayol bilan keldi va mashinada gaplashdik, bizlarga 500 000 ming dan olasizlar, – dedi A. B. Shundan soʻng kvartira qayerda ekanligini tushuntirdi, biz kelgan ayol bilan ichkariga kirdik. 5 daqiqalardan soʻng 2 ta erkak kirib keldi”, – degan mazmunda oʻz soʻzlarini yakunladi yuqoridagi kvartiraning boshqa xonasida qoʻlga tushgan yosh juvon A. B.

Tergovchi Qahramon Nuriddinov bergan maʼlumotlarga asosan, Sh. S. harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi, 2-qismida nazarda tutilgan alomatlar borligi sababli, jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, “Oriyat” tadbiri davomida yana bir shu turdagi jinoiy faoliyatga chek qoʻyildi. Gap shundaki, Buxoro shahri, “Koʻksaroy” koʻchasida yashovchi 1972-yilda tugʻilgan B. A. ismli erkak shaharning Turdi Farogʻiy koʻchasida joylashgan ikkinchi uyida 1 erkak va 1 ayolga jinsiy aloqa qilishlari uchun 200 000 soʻm evaziga kvartira kalitlarini bergan.

Ushbu holat yuzasidan ham hozirgi kunda jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ayol yuzidan xayo va ibo pardasi koʻtarilib, u insoniy qiyofasini unutsa, bu butun jamiyat uchun isnotdir. Chunki, ayol kelajak yaratuvchisi, farzandlar tarbiyachisi. Pul evaziga oʻz nomusini sotayotgan, jirkanch istaklar uchun sharoit yaratib berayotgan ayollarga esa aytar soʻzimiz bor: muqaddas maqom va ayollik shaʼnimizga dogʻ tushirmang, aziz ayollar, – deya oʻz lavhasini yakunladi muxbir.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.