Islom

Musibat va ranju a’lam Sizni ta’qib qilsa, buning sababi nimada?

photo 922

Loading

Bu koinotda uch olam bor

“Alloh ta’olo bu koinotda uch olamni yaratgandir. Bir olam shuki, unda faqat xursandchilik bor, faqat rohat bor, u yerda ranju-alamning nom nishoni yo‘q. U yerda ozorning biror chorasi yo‘q. U olam – jannatdir. Alloh ta’olo O‘zining fazlu-karami ila barchamizga ato qilsin, amiyn. Ikkinchi olam shuki, u yerda faqat ozor bor, faqat ranju alam bor, faqat musibatu-balo bor. U olam – jahannamdir. Alloh ta’olo barchamizni O‘zining fazlu-karami ila undan asrasin, amiyn. Bu ikkisining o‘rtasida bu “dunyo olami” bor. Unda xursandchilik ham bor, ranju alam ham bor. Rohat ham bor, aziyat ham bor. Bu dunyoda biror inson shunday emaski, unga biror yaxshilik yetmasa, biror musibat yetmasa yoki faqat musibat yetsayu, xursandchilik yetmasa. Balki bu dunyoda ikkisi ham yetib turadi”.

Shunga ko‘ra, bu dunyoda inson tabiatiga xilof bo‘lgan voqealar albatta sodir bo‘ladi. Ular sababidan insonga musibat va ranju alam yetadi, ozor yetadi. Lekin bu ozorning natijasida xoh inson yig‘lasin, xoh ranju-alamni izhor qilsin, biroq, uning qalbi Alloh ta’olo men uchun nima hukm qilgan bo‘lsa, garchi, undan menga ozor yetayotgan bo‘lsada, u hukm barhaqdir, – deya rozi bo‘lsin. Aynan shuning nomi “Rizo bil qazo” dir. Masalan, biror bemorlik yetdi. Endi, u bemorlik sababli ozor yetyapti, musibat ham bor, oh-voh ham uning og‘zidan chiqyapti, yig‘i ham bo‘lyapti. Lekin, “Alloh ta’oloning yuborgan bu bemorlik hukmi barhaqdir. Mening unga biror shikoyatim yo‘q, Alloh ta’oloning taqdiridan biror shikoyatim yo‘q”, – deya qalbi xotirjamdir. Shuning nomi talab qilingan “rizo bil qazo” dir”.

Muallif: muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh.
Foydalanilgan adabiyot: “Islohiy xutbaat” kitobi (16-jild).
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.