Buxoro yangiliklari
Buxorodagi “zapravka” lardagi 5 700 soʻmlik benzin haqiqatmi? AI-80 markali yoqilgʻi narxiga nima taʼsir qilyapti?
Kecha, 12-dekabr kuni“O‘zbekneftgaz” AJ rahbari Mehriddin Sultonov boshchiligida qish mavsumida iste’molchilarning avtobenzin mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga doir videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, – deya xabar berdi tashkilot matbuot xizmati. Ushbu yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “AI-80 rusumli avtobenzin mahsulotini aksiz solig‘idan ozod qilish bo‘yicha” qarori qabul qilingani hamda qaror ijrosini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
M. Abdullayev tomonidan joriy yilning 10-dekabrdan 2023-yil 1-martga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llash belgilanganligini bildirib, Jamiyatga qarashli AYQSH larda AI-80 avtobenzin narxini 6800 so‘mdan 5 700 so‘mgacha tushirish bo‘yicha Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, neft bazalar hamda “UNG Petro” korxonasiga rahbariga topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish uchun tashkil etilgan “Ishchi guruh” a’zolari o‘zlariga belgilangan hududlarda monitoring ishlarini olib borib, narxni asossiz oshirilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazishi shartligi ta’kidlandi.
Iste’molchilarning avtobenzin mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida ta’minlash uchun uzluksiz ish tashkil etilishi belgilab berildi. Boshqaruv raisi logistika masalasida mavjud muammolarni baratarf etish choralarini ko‘rish hamda mahsulotni o‘z vaqtida yetkazib berish yo‘nalishlarini belgilab berdi.
13-dekabr kunidan boshlab, “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi barcha AYQSH larda AI-80 benzinining chakana narxi 1 litri uchun 5 700 so‘mdan sotilishi belgilandi hamda asossiz narx oshirilgani holati bo‘yicha mas’ullar javobgarligi oshirildi.
Neftni qayta ishlash zavodlarida tomonidan 76 100 tonna xom-ashyo zaxirasi yaratilganligi aytilib, xom-ashyoni qayta ishlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi lozimligi bildirildi.
Barcha neft bazalar hamda “UNG Petro” korxonasiga rahbariga iste’molchilarga 4 832 tonna AI-80 avtobenzinini tarqatish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
“Uzbekistan GTL” zavodi rahbariga qish mavsumi davomida Respublikada aholi va ijtimoiy soha obyektlarida tabiiy gaz iste’moli oshishi hisobiga, GTL zavodiga berilayotgan gaz hajmini 50% ga kamaytirish, shu sababli qurilmalarning barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, ishlab chiqarish hajmi kamaytirilishi aholining sintetik dizel mahsulotlariga bo‘lgan talab hamda ehtiyojlariga salbiy ta’sir qilmasligi yuzasidan zaruriy topshiriqlar berildi.
Demak, bugun, 13-dekabr kunidan boshlab Buxorodagi deyarli barcha benzin “zapravka” larda AI-80 markali benzinning 1 litri uchun narxi rasman 5 700 soʻmni tashkil etadi.
Barcha haydovchilarga yangilangan narxlar muborak boʻlsin!
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi