Buxoro yangiliklari
Shahar kasalxonasi (“Shoshilinch”) da yangi oshxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi — foto
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida bosqichma-bosqich yangi zamonaviy qo‘shimcha binolar qurib ishga tushirish ishlari jadal amalga oshirilmoqda, –deya xabar bermoqda muassasa matbuot xizmati.
Xususan, bugun, 15-dekabr kuni qulay va ixcham, sanitariya talablariga to‘liq javob beradigan yangi oshxona binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Oshxonada ovqat tayyorlash xonasidan tortib, ma’muriy-xo‘jalik va boshqa xonalar amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiq qurilgan bo‘lib, ichimlik va issiq suv ta’minoti, kanalizatsiya, markaziy isitish hamda havoni quritish va tortish tizimi bilan jihozlangan. Bundan tashqari oshxona binosida kiyinish xonasi, kiyimlarni saqlash uchun shkaflar, xodimlar xonasi (dam olish va ovqatlanish uchun) va boshqa kerakli jihozlar mavjud.
Yangi loyiha bo‘yicha qurilgan oshxonada shuningdek, gaz va elektr yordamida qizitiluvchi bort yuzalari va tutqichlarga ega plitalar va eshikli o‘txona hamda xonalarni shamollatish uchun so‘ruvchi ventilyatsiya, fortochkalar o‘rnatilgan.
Fursatdan foydalanib, bemorlarga parhez taomlar tayyorlab berishni o‘z vaqtida ta’minlash , ularning dardiga darmon bo‘lishda oshxona xodimlariga omad tilaymiz.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi