Islom
Qur’on kitobini kindikdan pastga tushirmaslik kerakmi?
Savol: Qur’on kitobini kindikdan pastga tushurmaslik kerakmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Qur’oni Karim Allohning kalomidir. Unga taalluqli barcha ashyolarga ehtirom vojibdir. Shu e’tibordan, mushaf muqaddas kitob sanaladi. Uni ulug‘lash Alloh taoloni ulug‘lash sirasiga kiradi. Alloh taolo aytadi:
ذَلِكَ وَمَنْ يُعَظِّمْ شَعَائِرَ اللَّهِ فَإِنَّهَا مِنْ تَقْوَى الْقُلُوبِ
Yaʼni, (Gap) shudir. «Kim Allohning shi’orlarini ulug‘lasa, bu qalblarning taqvosidandir» (“Haj” surasi, 32-oyat). «Allohning shiori» deganda, U Zotni eslatadigan, anglatadigan narsa tushuniladi. Mushaf Alloh taoloning shi’orlaridan, balki eng ulug‘ shi’orlaridan ekanida shubha yo‘q.
Imom Navaviy rahmatullohi alayh aytadi: «Mushafni hurmat qilish vojibligiga musulmonlar barcha zamonlarda ittifoq qilganlar».
Ulamolar mushafga nisbatan musulmon kishi rioya qilishi kerak bo‘lgan bir qancha odoblarni sanab shu qatorda shunday deyishgan.
Mushafni imkon qadar yuqori, ehtirom ko‘rinishiga zid bo‘lmagan tarzda tutish lozim. Tik turgan va o‘tirgan odam uni kindikdan quyi tutmasligi kerak. Mushafni quchoqqa qo‘yib o‘tirish, yerga qo‘yish ham odobga ziddir. Vallohu a’lam.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi