Özbekiston

Xorazm viloyati hokimi Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi bo‘ldi

photo 971

Loading

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Farxod Urazbayevich Ermanov Xorazm viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi Raisi lavozimiga tasdiqlandi.

Farhod Ermanov 1958-yilning 30-aprelida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, 1981-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutini (kunduzgi) va 1996-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (sirtqi) tamomlagan. Oilali, uch o‘g‘il va to‘rt qizi bor.

2006-yili Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini 1975-yili Amudaryo tumani Mang‘it shahri profilaktika-dezinfeksiyalash bo‘limi ishchisi sifatida boshlab, 1981-yilda Amudaryo tumani “Mang‘it” xo‘jaligi avtomexanigi, 1983-yilda shu xo‘jalik bosh muhandisi va direktori, 1995-yilda Amudaryo tumani hokimi, 1998-yilda yana Amudaryo tumani “Mang‘it” xo‘jaligi raisi, 2002-yilda Amudaryo tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2003-yilda Amudaryo tumani qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i, 2004-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha kotibiyati boshlig‘i, 2004-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, 2007-yilda 2 oy davomida To‘rtko‘l tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, 2010-yilda Beruniy tumani hokimi, 2018-yilning 21-aprelidan Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

U 2018-yilning 30-noyabrdan 2022-yilning 17-dekabriga qadar Xorazm viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.