Islom
Jamoat namozida bosh kiyim tushib ketsa, nima qilish kerak?
Savol: Namoz o‘qiyotgan paytimda bosh kiyimim tushib ketib qoldi, olmay ado qildim. Olganimda namozim durustmidi? Namozga putur yetmasmidi yoki olmay ado qilganim yaxshi bo‘lganmi? Shunaqa vaziyatlarda nima qilish kerak maslahat bersangiz.
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Bu haqda “Durarul hukkam” kitobida shunday deyiladi:
Yaʼni, “Namozda qalpoq yoki salla boshdan tushib ketsa, boshyalang namoz o‘qigandan ko‘ra, bir qo‘l bilan uni kiyib olish afzal. Sallani bir qo‘l bilan o‘ralgan holida boshiga qo‘yishning imkoni bo‘lsa, boshini yopgani afzal. Lekin salla yechilib ketgan va uni o‘rashga ehtiyo,j tug‘ilsa, uni o‘rash va namozni buzgandan ko‘ra boshyalang namoz o‘qigan afzal. Tatarxoniyada shunday kelgan”.
Demak, namozda bosh kiyim tushib ketsa, yengil harakat bilan kiyib olish afzal. Lekin amali kasir (ko‘p amal) qilib, tushib ketgan bosh kiyim kiyilmaydi. Chunki, ko‘p amal namozni buzadi. Vallohu a’lam.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi