Buxoro yangiliklari
Buxoro viloyatida Yangi yil tantanalari o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati
Yangi yil arafasida viloyatimizning barcha tumanlari hamda Buxoro shahrida baryamona archalar o‘rnatilmoqda, ularning yon-atrofi, markaziy ko‘chalar bezatilmoqda. Shuningdek, bugundan boshlab yangi 2023-yilning 5-yanvariga qadar bolalar va ularning ota-onalari uchun ushbu joylarda ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Buxoroi sharif aholisini va mehmonlarini bayram sayllariga taklif qilib, archalar o‘rnatilgan manzillarni taqdim qilamiz:
Buxoro shahri
– Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi, Abu Ali ibn Sino nomidagi favvoralar maydonida;
– Islom Karimov ko‘chasi, “Buxoro savdo majmuasi” oldida;
– Bahouddin Naqshband ko‘chasi, Labi Hovuz ansamblida;
– Afrosiyob ko‘chasi, Ark qo‘rg‘oni yonidagi maydonda;
– Piridastgir ko‘chasi, “Semurg‘” sport kompleksida;
– Qayum Murtazoyev ko‘chasi, “Hamkorbank” ATB viloyat bo‘limi oldida.
Kogon shahri
– shahar hokimligi binosi oldida.
Buxoro tumani
– tuman hokimligi binosi oldida.
Vobkent tumani
– Vobkent minorasi oldida.
Jondor tumani
– tuman dehqon bozori old qismidagi maydonda.
Kogon tumani
– 6-son musiqa va san’at maktabi oldida.
Qorako‘l tumani
– tuman hokimligi binosi oldida.
Olot tumani
– Nuroniylar maskani binosi oldida.
Peshko‘ tumani
– tuman hokimligi binosi oldida.
Romitan tumani
– tuman markaziy o‘yingohi oldida.
Shofirkon tumani
– tuman hokimligi binosi oldida.
Qorovulbozor tumani
– “Yoshlar bog‘i” hududida.
G‘ijduvon tumani
– tuman hokimligi binosi oldida.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi