Buxoro yangiliklari
Buxoro shahridagi 50-sonli bog‘chaning sobiq rahbari IIB tomonidan qo‘lga olindi
Hozirda Buxoro shahri Sharq 2 mavzesida joylashgan 50-sonli bog‘chada til o‘qituvchisi vazifasida ishlovchi 47 yoshli ayol ushbu muassasada 0,5 shtat birligida tarbiyachi vazifasida ishlab kelayotgan boshqa bir ayolni aldab, shtatini to‘liq qilib berishga ishontiradi. Buning evaziga esa $200 miqdorida pul talab qiladi.
Gap shundaki, bog‘chadagi o‘qituvchi avval shu muassasada mudira bo‘lgan va 2021-yilning dekabr oyida lavozimidan ozod qilingan va shuning hisobiga sodda bir fuqaro ishonchiga kirgan. Lekin, ikkinchi ayol aqlini yig‘ishtirib olib, ushbu firibgarlik haqida IIB ga murojaat qilgan.
Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilning 12-dekabr kuni soat taxminan 09:50 larda firibgar ayol xizmat xonasida 1 100 000 so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi, 1-qismi bilan ish qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi