Buxoro yangiliklari

Buxoro Markaziy dehqon bozoridagi do‘kondan kiyim o‘g‘irlagan 26 yoshli ayol ushlandi

photo 1011

Loading

Kuni kecha Telegram dagi “Potrebitel Buxara” kanalida noma’lum shaxs tomonidan Buxoro Markaziy dehqon bozori savdo do‘konlarining biridan kiyim o‘g‘irlagani aks etgan video tarqalgan edi.

Buxoro viloyati IIB mazkur video yuzasidan quyidagilarni aniqladi:
Hosida joriy yilning 9-noyabr kuni soat 12:00 larda fuqaro B. M. ga tegishli bo‘lgan ayollar kiyim-kechak do‘konida sodir bo‘lgan. U yerga mijoz sifatida kirib, sotuvchining boshqa mijozlar bilan savdo qilib ,chalg‘iganidan foydalangan ayol do‘kondagi umumiy bahosi 250 000 so‘mlik kostyumni yashirincha o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahri, Zulfiya ko‘chasida yashovchi 26 yoshli H. N. ismli ayol sodir qilganligi o‘z isbotini topdi

Ayni damda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddas,i 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.