Islom
Nopok joylarga kirilgan kiyim bilan namoz o‘qish mumkinmi?
Savol: Nopok joylarga kirilgan kiyim bilan namoz o‘qish mumkinmi?
Javob: Uyda namoz o‘qishdan avval tahorat olib, kiyimlarni tozasiga almashtirib o‘qiymiz. Juma namozini o‘qish uchun masjidlarga chiqishdan oldin ham shunday qilamiz. Lekin ba’zilar masjidga ishdan chiqib yoki uzoq yo‘ldan kelib o‘qib ketaverishadi. Ularning ust-boshini almashtirishlariga imkon bo‘lmaydi. Shu kiyimida toza bo‘lmagan joylarga kirgan bo‘lishi ham mumkin. Mana shunday holatda namoz o‘qishlari joiz-mi?
Badan, libos va namoz joyining pok bo‘lishi barcha mazhab ulamolari nazdida shart hisoblanadi. Qur’oni karimda:
﴿وَثِيَابَكَ فَطَهِّرْ﴾
“…va libosingni pokla” (Muddassir surasi, 4-oyat), – deb buyurilgan.
Demak, toza va najosatdan pok libosda namoz o‘qish shart. Bordi-yu, badani yoki libosida najosat bo‘lsa, uni ketkazish imkoni bo‘lsa, u bilan o‘qilgan namoz durust bo‘lmaydi. Ammo bizning mazhabimizda najosatni ketkazish imkoni mavjud bo‘lmasa, u bilan namoz o‘qiyveradi va keyin o‘sha namozni qaytarib o‘qimaydi. Savolda so‘ralganidek, aniq najosat va nopok bo‘lmagan libosda namoz o‘qilaveradi.
Gumon bilan masalaga hukm qilinmaydi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy alayhissalom: “Agar biringiz namozda shak qilsa, to‘g‘risini qasd qilsin”, – deganlar.
Muallif: Muhammad Ayyub Homidov.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi