Jahon

Mashhur hind aktrisasi suratga olish maydonchasida o‘z joniga qasd qildi

photo 1031

Loading

Hindistonning mashhur kinoaktrissasi Tunisha Sharma syomka jarayonida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqida “India Today” nashri xabar qildi.

Hodisa suratga olish maydonchasida “Ali Baba: Jangchi afsonasi” filmida ishlayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. 20 yoshli aktrisa kiyinish xonasida o‘lik holda topilgan.

Sharma juda quvnoq va o‘z yoshiga ko‘ra juda muvaffaqiyatli martabaga ega bo‘lgan sababli, bu xabar uni tanigan barchani hayratda qoldirdi. Fojia yuz bergan kuni aktyor Shizan Muhammad Xon ham suratga olish maydonida bo‘lgan. U Tunishning sobiq sevgilisi bo‘lgan. Yigit bilan ajralish qizning o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘lgan, deya taxmin qilinmoqda.

photo 02 330

OAV ning yozishicha, voqeadan ko‘p o‘tmay Xon gumondor sifatida hibsga olingan. Aktyorning aytishicha, uning sobiq sevgilisi avval ham o‘z joniga qasd qilishga uringan va u har safar uni qutqarib qolgan.

Shu bilan birga, turli dindagi jamoalarga mansubligi sababli, munosabatlarning uzilishini istagan Xon, ajrashgandan keyin Sharma o‘zini beqaror his qilganini tan oldi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.