Buxoro yangiliklari
Soxta “Omad shou”
Yaqin vaqtlar oralig‘ida internet tarmog‘i orqali fuqarolarning aldanib qolish holatlari, xususan, telegram va boshqa internet tarmoqlari foydalanuvchilari tomonidan fuqarolarning shaxsiy plastik kartasi maxfiy kodlariga ega bo‘lib, ularning pullarini “o‘marayotganliklari” haqida ogohlikka chorlagan edik. Biroq, ayrim fuqarolarimiz bilib-bilmay bundaylarning “qurboni”ga aylanishlari hali-hanuz kuzatilmoqda.
Jumladan 2020 yilning 31 oktyabr kuni noma’lum shaxs internetning “Telegram” dagi “Omad shou” guruhiga a’zo bo‘lib kirgan Buxoro shahar D. Ibodova ko‘chasida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan M. H. ismli ayolga o‘zini guruh admini sifatida tanishtirib, ushbu guruhga odam qo‘shgani uchun uning nomiga pul yutug‘i chiqqanligini, bank plastik kartasi raqamini beradigan bo‘lsa, 500 000 so‘m yutuq pullarini tashlab berishini aytib, jabrlanuvchi M. H. ning nomida bo‘lgan “TIF Milliy banki” tomonidan ochilgan plastik kartasining maxfiy pin kodini aldov yo‘li bilan olib, so‘ngra bank plastik kartasiga internet tizimi orqali ruxsatsiz kirish yo‘li bilan, kartada mavjud 5 000 000 (besh million) so‘m pullarini yashirin ravishda o‘zining hisobiga o‘tkazib olib, o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv davomida ushbu jinoyatni Andijon viloyati Izboskan tumani Chuvala mahallasida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan X.Q. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.
Bugungi kunda X. Q. ga nisbatan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-son Ichki ishlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-modda 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu o‘rinda fuqarolarimizdan ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilinayotgan yutuqli o‘yinlar, turli xildagi aksiyalar, elektron savdolar va shunga o‘xshash bir qator firibgarlik va o‘g‘rilik holatlariga duchor bo‘lmasliklari uchun o‘zlarining sir saqlanishi lozim bo‘lgan plastik kartalari raqamlarini oshkor qilmasliklari, birovga rasmga tushirib bermasliklari yoki og‘zaki tarzda ma’lum qilmasliklarini so‘rab qolar edik.
Hurmatli fuqarolar! O‘zingiz yoki yaqinlaringizga tegishli plastik karta raqamlarini (20 talik va 5 talik yashirin kodlarni) aslo notanish shaxslarga ayta ko‘rmang! Aks holda pullaringizdan ajralib qolasiz!
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi