Özbekiston

Ambronol siropi ham xavflimi?

photo 1036

Loading

Hozirgi paytga kelib internetda yashin tezligida O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori S. Kariyev imzosi bilan Ogohlantirish xati tarqalmoqda.

Unda 20 ta bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan “Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchisi hisoblangan Hindistonnning “Marion Biotech Pvt. Ltd” kompaniyasining yana bir mahsuloti “Ambronol” siropining iste’molga yaroqsizligi haqidagi aytilgan.

photo 01 190

Ushbu xatning haqiqiyligi yoki haqiqiymasligini tasdiqlashning imkoni bo‘lgani yo‘q. Ushbu holat “Marion Biotech Pvt. Ltd” kompaniyasining O‘zbekistondagi distribyutori sanaladigan “Quramax Medical” MChJ faoliyati bilan bog‘liq tekshiruvlar hamda u import qiluvchi boshqa dori vositalarini ham keng qamrovli o‘rganish boshlanganini darak berishi mumkin.

Shunga qaramay ayni damda ushbu dori vositasini xarid qilmaslikni so‘rab qolagan bo‘lardik.

“Quramax Medical” MChJ import qiluvchi dorilar ro‘yxati:

  • Sinepar kid layt (suspenziya);
  • Sinepar ibu kid (suspenziya);
  • Sinepar aktiv gel;
  • Frakdjoin (kapsula);
  • Ferofort (sirop, kapsula);
  • Travamaks (suv bilan ichish uchun granulalar, sirop);
  • Nolgripp (granulalar, tabletka, sirop);
  • Kyurazit (suspenziya, kapsula);
  • Beldomaks (tabletka, suspenziya);
  • Ambronol (tabletka, sirop);
  • Tegramon SUL;
  • Anasep gel;
  • Levoreks (tabletka).

O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligidan rasmiy xabar kutib qolamiz.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.