Buxoro yangiliklari
Bojxonachilar Olot orqali 250 mln so‘mlik pomza toshlari olib kirilishining oldini olishdi
Kuni kecha bojxona orqali yirik miqdordagi tovarlar – “pomza toshlari” ning noqonuniy tarzda yurtimizga olib kirilishining oldi olindi. Bu haqida Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xususan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona postiga xorijiy yo‘nalishda harakatlanib, kirib kelgan yuk avtotranpost vositasi “Z-Portal” qurilmasi yordamizda skaner qilinib, tegishli bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi.
Natijada esa yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan, “pomza toshlari” tovarlari borligi ma’lum bo‘ladi. Umumiy qiymati 250 000 000 so‘m deb baholanayotgan ushbu tovarlar bojxonachilar tomonidan vaqtincha saqlovga olindi.
Shu o‘rinda foydali ma‘lumot. Biz “pomza” so‘zini eshitganimizda, ko‘z o‘ngimizda darhol ko‘pikli betonning aylantirilgan qismlarini yoki uy qurilishi shlaklarini tasavvur qilamiz. Ammo bu sun’iy vositalarning tabiiy pemza tosho bilan hech qanday aloqasi yo‘q.
Tabiatda pomza vulqondan otiladigan yengil shishasimon massadir. U harorat ta’sirida eriydigan gazlarning ko‘piklanishi paytida hosil bo‘ladi. Pomza hosil bo‘lishi soda shishasidan chiqadigan gazga o‘xshaydi. Faqat ikkinchi holatda, biz faqat zararsiz ko‘pikni olamiz, pomza esa tabiiy sharoitda murakkab va xavfli bo‘lgan material.
Toshning oddiyligiga qaramay, u bino va xonalarning ichki dizayni uchun ishlatiladi. Ko‘pincha turli xil gulli bezaklar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Lekin, albatta, pomza ko‘pincha oyoqlar uchun, aniqrog‘i, ularni davolash va oyoq terisini parvarish qilish uchun ishlatiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi