Buxoro yangiliklari

Buxoro viloyat FVB da Ubaydullo Omon va Azim Latipov bilan uchrashuv o‘tkazildi

photo 1047

Loading

Kuni kecha Buxoro viloyati FVB da “Ma’naviyat karvoni” tashrif buyurdi. Tadbirga  Buxoro viloyat Shofirkon tumanidagi O‘zbekiston qahramoni, “Azim-Shofirkon yulduzi” fermer xo‘jaligi rahbari Latif Azimov va “El-yurt hurmati ordeni” sohibi, O‘zbekiston xalq artisti, Buxoro viloyati musiqali drama teatri rejissyori Ubaydullo omon (Baqoyev) lar taklif etildi. 

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston qahramoni Latif Azimov o‘zining hayoti davomida halol mehnat qilib, ba’zida og‘ir sharoitlarda ishlagani haqida so‘zlab berdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston xalq artisti Ubaydullo Omon o‘zining hayot yo‘liga qisqacha to‘xtalib, yoshligidan san’atga qiziqishi bo‘lganligi, 10 yoshida kino va san’at olamiga kirib kelganligi, bu sohaga kirib kelishida esa otasining roli katta ekanligini, hozirga qadar 80 dan ortiq kinolarda suratga tushganligi hamda o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtidan faxrlanishini aytib o‘tdi.

photo 02 335

Tadbir so‘ngida faxrli mehmonlarga boshqarma xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qo‘shayotgan  munosib hissalari uchun viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqamasi boshlig‘ining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.