Salomatlik
Tovuq filyesi qurib qolmay, yumshoq chiqishi uchun uni qanday pishirish kerak? – video
Tovuq filyesi to‘yimli va past kaloriya mahsulotdir. Ko‘p hollarda uni parhezga kiritish tavsiya etiladi. Ayniqsa, qaynatilgan filye foydali hisoblanadi, chunki u minimal yog‘ va ko‘p miqdorda vitamin va minerallarni o‘z ichiga oladi. Tovuq go‘shti yumshoq va mazali bo‘lishi uchun esa uni albatta, to‘g‘ri pishirish kerak.
Tovuq filyesi pishirilgandan keyin yumshoq va suvli bo’lishi uchun siz faqat yangi mahsulotni ishlatishingiz kerak. Shuning uchun tovuqning yaroqlilik muddatiga e’tibor berish juda muhim. Muzlatilgan emas, sovutilgan go‘shtni pishirgan ma’qul. Bu holatda, tovuq filesi yumshoqroq bo‘lishi bilan birga, ko‘proq ozuqaviy moddalarni o‘zida saqlaydi.
Tovuq filyesini 70-75 daraja suv haroratida pishirishingiz kerak. Bundan tashqari, tovuq go‘shtini qizdirilgan suvga solib qo‘yishingiz kerak, shunda u shiraliligini saqlaydi va yumshoq bo‘lib pishadi.
Suvli va yumshoq bo‘lib pishadigan tovuq filyesi retsepti:
Kerakli masalliqlar:
tovuq filyesi — 300 gr;
suv — 1,5 l;
tuz, murch va ziravorlar — ta’bga ko‘ra.
Tayyorlanishi:
Tovuq filyesini ikki qismga bo‘ling va yuving. Kastryulkaga suv quying va 75°C haroratda qizdiring. Tovuq filyesini idishga soling. Suv qaynashi bilanoq, tuz, ziravorlar qo‘shing, olovni iloji boricha pasaytiring, idishnini qopqoq bilan yoping va filyeni 20 daqiqa davomida pishiring. Suv qaynamasligi kerak. Belgilangan vaqtdan keyin go‘sht iste’mol qilishga tayyor bo‘ladi.
Tovuq filyesini yanada mazali qilish uchun idishga piyoz yoki lavr yaprog‘ini qo‘shishingiz mumkin. Agar vazn yo‘qotmoqchi bo‘lsangiz, tovuq go‘shtiga minimal miqdorda tuz solib pishiring.
Qaynatilgan tovuq filyesining foydali jihatlari
Tovuq filyesi parhezda iste’mol qilinadigan mahsulotlardan biri hisoblanadi. U nafaqat tibbiy, balki vazn yo‘qotishga ham yordam beradi. Tovuq filyesi minimal miqdordagi yog‘ va uglevodlarni, shu bilan birga juda ko‘p yuqori sifatli proteinni ham o‘z ichiga oladi, bu esa organizm tomonidan oson so‘riladi.
Tovuq filyesida ko‘plab PP, E, H, A va B vitaminlari ham mavjud. Uning tarkibida ko‘p miqdorda sink, temir, kaliy, ftor, fosfor, yod, natriy va boshqa mikroelementlar mavjud.
Agar parhezga tovuq filyesini kiritsangiz, tana kerakli oziq moddalarning ko‘p miqdorini oladi. Past xolesterin miqdori bo‘yicha, qaynatilgan tovuq filyesi hatto baliq va ba’zi dengiz mahsulotlari bilan raqobatlasha oladi.
Bundan tashqari, tovuq fileysini muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomir tizimining ayrim kasalliklarini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va organizmdagi metabolik jarayonlarni normallashtirishga yordam beradi, bu ham salomatlik va ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun muhim hisoblanadi.
Video:
Ushbu mahsulot tarkibidagi glutamin moddasi tufayli qondagi shakar miqdorini tartibga soladi, buyraklarning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi va asab tizimining faoliyatini yaxshilaydi. Tovuq go‘shti artrit, qandli diabet, oshqozon-ichak yarasi va podagra uchun foydali.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi