O‘zbekiston
Endi dollar kursi har juni yangilanadi
15-fevraldan boshlab, Markaziy bank valyuta kursidagi o‘zgarishni har kuni e’lon qiladi
O‘zbekiston Markaziy banki valyuta birjasidagi «fiksing» usulidan «koll auksion» va «metching» savdo usullariga o‘tishni e’lon qildi. Bu valyuta kursini har kuni erkin belgilash uchun katta imkoniyat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 2021-yil 9-yanvarda ichki valyuta bozorida valyuta oldi-sotdi operasiyalarining amalga oshirilishini yanada takomillashtirish borasida qaror qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021-yilning 15-fevralidan boshlab, ichki valyuta bozorida amalga oshiriladigan valyuta oldi-sotdi savdolari bo‘yicha quyidagilar joriy etiladi:
- O‘zbekiston respublika valyuta birjasida savdo sessiyalari amaldagi «fiksing» (belgilash, qiymatni o‘rnatish) usulidan «koll auksion» va ikki tomonlama uzluksiz auksion «metching» (talabga ko‘ra taklifning paydo bo‘lishi) savdo usullariga o‘tkazilishi;
- valyuta birjasida valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha savdo sessiyalarining soat 10.00 dan 15.00 gacha «Onlayn platforma» orqali amalga oshirilishi;
- valyuta birjasida valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha hisob-kitoblarning hozirda mavjud T+0 (bugungi ish kuni) shaklidan T+1 (keyingi ish kuni) shakliga o‘tkazilishi;
- tijorat banklarining valyuta birjasi savdolarida mijozlar nomidan ishtirok etish amaliyotidan voz kechgan holda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan valyuta operasiyalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri valyuta pozisiyasi orqali amalga oshirilishi belgilangan.
Shuningdek, qarorga muvofiq, Markaziy bankning valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun chet el valyutalarining so‘mga nisbatan rasmiy kurslari kunlik belgilanadi va har bank ish kuni soat 16:00 da Markaziy bankning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.
Shu bilan birga, qarorda valyuta bozorini rivojlantirishning keyingi bosqichlarida valyuta operasiyalari bo‘yicha savdo ishtirokchilarining umume’tirof etilgan eng namunali amaliyotlarni o‘z ichiga olgan «Etika kodeksi»ning qabul qilinishi hamda tijorat banklarining «market-meykerlar» sifatida ishtirokini yo‘lga qo‘yish maqsadida ularga beriladigan imtiyoz va majburiyatlarni o‘zida aks ettiruvchi «Market-meykerlik faoliyati to‘g‘risida»gi me’yoriy hujjat ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur qaror bilan «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan valyuta intervensiyalari strategiyasi» tasdiqlandi. Strategiyada Markaziy bankning valyuta intervensiyalari tamoyillari, shakllari hamda intervensiyalarni amalga oshirishning maqsad va vazifalari qayd etildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi