Salomatlik
Pomidor qaylasi qo‘shilgan baqlajonli o‘rama spagetti retsepti
Pomidor qaylasi qo‘shilgan baqlajonli o‘rama spagetti to‘yimli va foydali taomlardan biri. Unga o‘zingiz yoqtirgan ko‘katlarni qo‘shishingiz mumkin.
Kerakli masalliqlar:
1. Baqlajon — 2 dona;
2. O‘simlik yog‘i — ta’bga ko‘ra;
3. Tuz — ta’bga ko‘ra;
4. Spagetti — 200-300 gr;
5. Pomidor qaylasi — 350-400 ml;
6. Pishloq — ta’bga ko‘ra;
7. Ko‘katlar — ta’bga ko‘ra.
Tayyorlanishi:
1. Baqlajonni uzunligi bo‘ylab ingichka qilib kesib oling.
2.Baqlajonni folga qog‘oziga soling va ustini yog‘lang. Sabzavotlarni bir qator qilib tering, ozgina tuz qo‘shib yana yog‘lab oling.
3. Baqlajonni taxminan 10 daqiqa davomida 200 daraja haroratda pishiring. Keyin boshqa tomonini aylantirib va yana 5-10 daqiqa pishiring.
4. Spagettini 10 daqiqa davomida qaynatib oling. Undagi suyuqlikni to‘kib tashlab biroz pomidor qaylasi qo‘shing va aralashtiring.
5. Mahsulotlar pishiriladigan idishni yog‘lang va unga pomidor qaylasining yarmini qo‘shing.
6. Baqlajonning har bir bo‘lagiga spagetti soling va o‘ramalar hosil qiling.
7. Ularni idishga soling, qolgan pomidor qaylasini ustiga solib folga qog‘ozi bilan o‘rang.
8. O‘ramalarni taxminan 30 daqiqa davomida 180 daraja haroratda pishiring. Taomni iste’mol qilishdan oldin ustiga maydalangan pishloq va ko‘katlarni seping. Yoqimli ishtaha!
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi