Buxoro yangiliklari

Somoniylar madaniyat va istirohat bog‘ida o‘z biznesingizni boshlamoqchimisiz?

photo 1249

Loading

“Buxara Magic Park” MChJ tomonidan Buxoro viloyatining Buxoro shahri hududida joylashgan “Somoniylar madaniyat va istirohat bog‘i” ning bir qismini davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruksiya qilish va foydalanish bo‘yicha taklif va loyiha kontsepsiyasi taqdim etildi.

Loyiha doirasida “Somoniylar madaniyat va istirohat bog‘i” ni ko‘ngilochar, gastronomik va san’at yo‘nalishlarida faoliyatni tashkil qilish rejalashtirilgan.

Unga sherik bo‘lishni istagan yuridik shaxslar ariza topshirishlari mumkin. Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender takliflarini 2023-yilning 18-mart kuniga qadar topshirilishi kerak.

photo 02 378

Qiziqish bildirish uchun so‘rov shakli:
https://www.pppda.uz/wp-content/uploads/2023/02/Сўров-шакли-4.docx.

Loyiha konsepsiyasi:
https://www.pppda.uz/wp-content/uploads/2023/02/Konsepsiya.pdf.

Loyiha haqida ma’lumot:
https://www.pppda.uz/wp-content/uploads/2023/02/Loyiha-haqida-malumot.docx.

Qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender takliflari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining quyidagi manzillarida qabul qilinadi:

200118, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi, 2-uy.
Elektron pochta:
shahar@umail.uz.
Ma’lumot uchun telefon raqami:
(+998) 65-224-24-10.

100017, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Sharof Rashidov shoh ko‘chasi, 16-uy.
Elektron pochta:
pppinfo@ppp.mf.uz, aduvlanov@ppp.mf.uz, fumarov@ppp.mf.uz.
Ma’lumot uchun telefon raqami:
(+998) 71-203-03-07.

Eslatma! Elektron yuboriladigan fayllarning hajmi 10 MB dan ortiq bo‘lmasligi lozim.

“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida” gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender takliflari olingan taqdirda, Hokimlik tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.