Jahon

Ukraina prezidentining rafiqasi Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi -(mi?)

photo 1325
Foto: RBK–Ukraina

Loading

Vladimir Zelenskiyning rafiqasi Yelena Zelenskaya Janubiy Koreyaning “Channel A” telekanaliga bergan intervyusida Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashsa, unga nima deyishini aytdi.

Qayd etilishicha, Zelenskayadan Putinga nima deyishi so‘ralganda, u bilan uchrashishni istamasligi va Rossiya rahbariga murojaat qilishdan ma’no yo‘qligini ta’kidladi. U Putin har qanday murojaatga e’tibor bermasligini ta’kidladi.

“– Men hech qachon u odam bilan uchrashishni istamasdim. Menimcha, o‘ldirish uchun kelgan odam bilan hech kim uchrashishni istamasdi. Shuning uchun unga nima deyishimni tasavvur ham qilolmayman. Menimcha, ukrainaliklarning yagona gapi bizni tinch qo‘ying, bo‘ladi. Unga hech qanday murojaat yo‘llamoqchi emasmiz. Chunki ular bizning murojaatimizga muhtoj emas, nima deb o‘ylashimiz, ularning harakatini dunyo qanday baholashiga ahamiyat berishmaydi”, — dedi Ukraina prezidentining rafiqasi Yelena Zelenskaya.

Shuningdek, Ukraina prezidenti rafiqasi mamlakat hali ham qo‘llab-quvvatlashga va doimiy global yordamga muhtojligini aytdi.

“– Javob qaytarish uchun qurol bo‘lishi kerak, aks holda o‘lish mumkin. Inson kapitalini, infratuzilmani, uy-joylarni, maktablarni, bolalar bog‘chalarini tiklash uchun bizga yordam kerak. Chunki urush nafaqat front chizig‘i, balki iqtisodiy inqiroz va gumanitar falokat hamdir, — dedi Yelena Zelenskaya.

Ukraina birinchi xonimining qoʻshimcha qilishicha, yordam berishni istagan har bir kishi o‘zi uchun bunday imkoniyatni topadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.