Buxoro yangiliklari
Shofirkon tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun, 13-aprel kuni Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, viloyatdagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va mutasaddi xodimlari, tuman faollari ishtirok etdi.
Sessiyada so‘zga chiqqan Botir Zaripov oxirgi yillarda Shofirkon tumanidagi dolzarb muammolarni hal qilish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi darajaga ko‘tarish borasida sezilarli o‘zgarishlar qilinganligini qayd etdi.
Shundan so‘ng, Botir Zaripov Jamshid Sharopovni salomatligi bilan bog‘liq muammolar tufayli o‘z arizasiga binoan Shofirkon tumani hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarorini o‘qib eshittirdi. Ushbu masala ovozga qo‘yilib, deputatlar tomonidan ma’qullandi.
Sessiyada ayni kunga qadar DSQ moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Fayzilloyev Alisher Abdilloyevich nomzodi Shofirkon tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risida viloyat hokimining qarori qabul qilinganligi deputatlarga ma’lum qilindi. Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman Kengashi deputatlari va faollari o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Ma’lumot uchun, Fayzilloyev Alisher Abdilloyevich 1979-yilda Buxoro tumanida tug‘ilgan. 2003-yilda Toshkent moliya instituti tamomlagan. Mutaxassisligi —moliya.
U mehnat faoliyatini 1998-yilda “Soni-K” xususiy firmasi buxgalteri sifatida boshlab, Buxoro viloyati moliya boshqarmasi jamlanma byudjet bo‘limi 2-toifali iqtisodchisi, xalq ta’limi, fan, madaniyat va kadrlarni tayyorlashni moliyalashtirish bo‘limi bosh iqtisodchisi(1999-2004), Moliya vazirligi Byudjetdan tashqari maktab ta’limi jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasi yetakchi iqtisodchisi, Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini moliyalashtirish sektori mudiri(2004-2010), Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi bosh iqtisodchisi(2010-2012), Moliya vazirligi Valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi Xorijiy kreditlar va tashqi qarz boshqarmasi Tashqi qarzlarni boshqarish jamlama bosh iqtisodchisi(2012-2013) sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 2013-2017 yillarda Toshkent shahar Chilonzor va Sergeli tumanlari Moliya bo‘limi mudiri, Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi DUK direktori o‘rinbosari(2018-2019), Transport vazirligi Iqtisodiyot va tarif-narx siyosati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari(2019-2020), Transport vazirligi Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i(2020-2022) lavozimlarida ishlagan.
U ayni vaqtga qadar Davlat soliq qo‘mitasi Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi