Buxoro yangiliklari
Avtobusda ayolning choʻntagidan telefon oʻgʻirlagan 56 yoshli fuqaro qoʻlga tushdi
2023-yilning 28-mart kuni soat taxminan 16:20 larda nomalum shaxs Buxoro shahri hududida qatnovchi yo‘nalishli “76-son” li yo‘lovchi sifatida o‘z manziliga borayotgan M. S. ismli ayolning “Redmi 5” rusumli telefon apparatini uning cho‘ntagidan yashirin ravishda o‘g‘irlab hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahri, Afrosiyob ko‘chasida yashovchi 1966-yilda tug‘ilgan Z. N. ismli shaxs sodir qilganligi fosh etildi.
Hozirgi kunda Z. N. ning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi