Özbekiston

Muhim! Kundalik.com tizimiga o‘zgartirishlar kiritildi

photo
Foto: Facebook (@KundalikUzbekistan)

Loading

Endi o‘qituvchi Kundalik.com da bitta sahifada ham uy vazifasini berishi, ham baho qo‘yishi, ham mavzuni ko‘rishi mumkin. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Shuningdek, “Kun uchun jurnal” da “dars o‘tkazildi” katagiga belgi qo‘yish mumkin bo‘ldi. Endi o‘qituvchilar “Kun uchun jurnal” da davomat va baholarni hamda darhol dars o‘tkazilganligini belgilashlari mumkin.

O‘qituvchilar jurnalni avvalgidek, Kundalik.com ning web-talqini va mobil telefon (shu jumladan, “Kundalik.Teacher” ilovasi) da to‘ldirishlari mumkin.

Direktorlarning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun “Ma’naviyatni boshqarish”, “Maktab” hamda “Ma’naviyat boshqaruvi”, “Sinf rahbari” uchun davomat hisobotlari paydo bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida nazorat qiluvchi organlarga ma’lumotlarni uzatishni soddalashtiradi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.