Buxoro yangiliklari

Buxoroda talabalar o‘rtasida “Intellektual haftalik” o‘tkaziladi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Joriy yilning 23-26-may kunlari Buxoro shahrida talabalar o‘rtasida Intellektual haftalik bo‘lib o‘tadi.

Unda talabalar 3 kun davomida “Zakovat”, “Breyn-ring”, “Shaxsiy o‘yin” va “Zakovat Quiz” o‘yinlarida o‘zaro bellashadilar.

Intellektual haftalikda yo‘nalishidan qat’i nazar, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talabalari ishtirok etishi mumkin.

Intellektual haftalikda har bir OTMdan 7 nafar talaba va bir nafar murabbiy ishtirok etadi.

Intellektual haftalikda ishtirok etish uchun ariza “Zakovat intellektual klubi” NNT nomiga, haftalik@zakovat.tv elektron pochta manziliga OTM rektori tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda (PDF formatida) yuborilishi lozim.

Arizalar 13-may kuni soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Intellektual haftalikda qatnashish istagini bildirgan OTM lar soni 50 dan oshib ketgan taqdirda, Intellektual haftalikning hududiy saralash bosqichi tashkil qilinishi mumkin.

Hududlardagi saralash o‘yinlari faqat “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha o‘tkaziladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.