Buxoro yangiliklari

Buxoro shahridagi “PMK bozori” yonib ketdi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2023-yilning 1-avgust kuni soat 02:05 da viloyat FVB navbatchi dispetchеrlik xizmatiga viloyat Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qoʻl telefonidan qoʻng’iroq qilib, Buxoro shahar Ibn Sino koʻchasi yoʻl yoqasida joylashgan 2 qavatli savdo doʻkonlarida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar bergan.

Voqea joyiga viloyat garnizonidan 11 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari hamda 7 ta hamkorlikdagi xizmatlarning texnikalari jalb etildi. Yongʻin joyiga soat 02:07 da yеtib borib, savdo doʻkonlarining taxminan 700 m2 maydonga tarqalib, yonayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot olingan va soat 03:11 da batamom oʻchirilgan.

Yong‘in oqibatida Ibn Sino koʻchasi yoʻli yoqasida joylashgan tadbirkorlik subyektlariga tegishli 2 qavatli 15 ta doʻkonning ichki tovar mahsulotlari va shift qismi yongan boʻlib, xuddi shu manzilda boʻlgan “Buxoro markaziy dehqon bozori” AJ ga qarashli 1 qavatli savdo pavilyonidagi 8 ta savdo doʻkonlari (jami 23 ta savdo doʻkoni) ichida boʻlgan tovar moddiy boyliklari va doʻkon jihozlari yonib zarar koʻrgan.

Yongʻindan bozor tasarufidagi pavilyon va savdo doʻkonlarining 10 000 m2 maydoni saqlab qolindi.

Yongʻin natijasida insonlarning halok boʻlish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Sodir bo‘lgan yongʻin yuzasidan viloyat IIB va FVB tomonidan tеrgovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.