Buxoro yangiliklari

Buxoro shahridagi avtobuslarda yo‘l kira narxi 2 000 so‘m etib belgilandimi?

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Tahririyatimiz aksar buxoroliklarni shu kunlarda ancha o‘ylantirayotgan masala – shahardagi ayrim avtobus yo‘nalishlarida yo‘l kira narxining amaldagi 1 500 so‘m o‘rniga 2 000 so‘m miqdorida sun’iy oshirilgani holati bo‘yicha Buxoro viloyati Transport boshqarmasidan izoh olishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, narxlar oshirilganini aks etuvchi fotolar Telegramdagi “Potrebitel Buxara plyus” hamda “Potrebitel Buxara” kanallarida ham e’lon qilingan.

Rasmiylarning qayd etishicha, Buxoro shahridagi jamoat transportlarida bir martalik yo‘l kira narxi Buxoro viloyati hokimining 2021-yil 8-noyabrdagi 140-2-0-Q/21-son qaroriga asosan, 1 500 so‘m etib belgilangan bo‘lib, ushbu narx hozirgi kunda o‘zgarmagan.

Shuning uchun ham boshqarma xodimlari tomonidan Buxoro shahridagi barcha avtobus yo‘nalishlarida yo‘l kira narxlarining 1 500 so‘mdan oshirilmasligi nazoratga olingan bo‘lib, aniqlangan holatlar bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Bundan tashqari haydovchilar bilan yo‘l kira narxlarini oshirmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Ammo boshqarma xodimlarining qo‘shimcha ochiqlagan ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro shahar jamoat transportlarida yo‘l kira narxlarini 2 000 so‘mga ko‘tarish bo‘yicha hisob-kitoblar ham ishlab chiqilgan bo‘lib, bir necha kundan so‘ng ularning oshishi kutilmoqda. Ushbu jarayon tasdiqlash boshqichida turibdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.