Buxoro yangiliklari
Buxorodagi sayyor qabulda 10 ta masala joyida hal etildi
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi matbuot xizmatining xabar berishicha, fuqaro va tadbirkorlarning kadastr masalalaridagi murojaatlarini ko’rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari R. Nishanov ishtirokida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida sayyor qabul o’tkazildi.
Unda fuqarolarning ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yer uchastkalarini xususiylashtirishga doir murojaatlari o’rganildi.
Sayyor qabulda yig’ilgan fuqarolarning kadastrga oid savol va muammolari shaxsan tinglanib, har bir murojaat ijrosi uchun mutasaddilarga qat’iy topshiriqlar berilib, har bir topshiriq ijrosi ta’minlanishi yuzasidan aniq muddatlar belgilandi.
Qabul davomida 20 dan ortiq murojaatlar tinglangan bo’lsa, ularning 10 tasi joyida hal qilindi. Yechimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kadastr idoralari vakolatiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan ham huquqiy tushunchalar berildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi