Buxoro yangiliklari

Buxoroda IIB tomonidan yangi geokriminogen elektron xarita yuritiladi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Kuni kecha Buxoro shahrida jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan “Geokriminogen elektron xarita” loyihasi taqdim etildi.

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining viloyatimizga amalga oshirgan tashrifi doirasida Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan PQ-1-son hamda mazkur yo‘nalishdagi tizim samaradorligini oshirishni nazarda tutuvchi PQ-253-son qarorlari ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i hamda viloyat IIB boshlig‘i boshchiligidagi tashrif davomida, Buxoro shahrining “Shayx-ul Olam” mahallasida jinoyatchilik holatini hududlar kesimida tahlil qilish va xavf omillarini aniqlashga qaratilgan “Geokriminogen elektron xarita” mobil ilovasi loyihasi taqdim etildi.

Mazkur yo‘nalishda mobil ilova ishlab chiqilgan bo‘lib, uni kelgusida amaliyotga joriy etish maqsadida viloyat IIB boshlig‘ining tegishli buyrug‘ini ishlab chiqish, profilaktika inspektorlari uchun o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, so‘nggi uch yil davomida qayd etilgan jinoyatchilik holatlari hamda nizoli oilalar bo‘yicha ma’lumotlarni to‘liq kiritish, serverni IIV Akademiyasidan viloyat IIB tasarrufiga o‘tkazish va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.