Buxoro yangiliklari

Buxoroga “kinokarvon” yo‘l oladi

photo 012 2

Loading

“O‘zbekkino” yangi kino-kunlariga start berdi.

Bugun, 24-mart kuni “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan “O‘zbekfilm” studiyasida “Yangi O‘zbekiston va milliy kinematografiya” shiori ostida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali kecha bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, bugundan yangi kinokunlariga ham start berildi.

E’lon qilingan kinokunlari davomida Zulfiqor Musoqovning “Hayrat” va Fotih Jalolovning “Muqimiy” badiiy filmlari premyeralari, “Abdulla Oripov” va “Bastakor” hujjatli filmlari namoyishi, ijodiy uchrashuvlar, yubiley marosimlari, davra suhbatlari, ayollar media klubi muhokamalari, yosh kinoijodkorlar uchun mahorat darslari, pitchinglar va “Zumrasha” kinojurnalining yangi sonlari namoyishi bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga Jizzax, Buxoro va Samarqand viloyatlariga “Kinokarvon” yo‘l oladi. Loyiha davomida o‘zbek kinosi yulduzlari ishtirokida joylarda ijodiy uchrashuvlar va premyeralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

[metaslider id=1483 cssclass=»»]

Bo‘lib o‘tgan Navro‘z bayramida esa sumalak sayli tashkil etilib, estrada yulduzlari ijrosida kuy-qo‘shiqlar yangradi. Tadbirda o‘zbek kinosi ijodkorlari, aktyor va aktrisalar, san’at va madaniyat sohasi vakillari ishtirok etishdi.

“O‘zbekkino” MA buyurtmasiga binoan rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan Umid Hamdamov ssenariysi asosida suratga olingan “Rangsiz tushlar” badiiy filmi Bangladesh xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi ssenariy” yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Bayram munosabati bilan rejissyor Ayub Shahobiddinov va ssenarist Umid Hamdamovlarga Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jaxongir Alam tomonidan festival statuetkasi topshirildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.