Buxoro yangiliklari

Buxoroda qilichbozlik bilan shug‘ullanish uchun yangi zal ochildi

photo
Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Loading

Buxoro Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yangidan bunyod etilgan qilichbozlik markazi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Umumiy qiymati 2,2 milliard soʻmni tashkil etgan ushbu loyiha doirasida 20×40 metr oʻlchamdagi, barcha zaruriy infratuzilma bilan taʼminlangan zamonaviy sport majmuasi barpo etildi.

photo 02

Mashgʻulotlar oʻtish uchun qilichbozlar uchun 8 ta maxsus yoʻlakcha oʻrnatildi va jihozlandi. Umuman, mazkur sport zalida sportchilar uchun zarur barcha qulaylik va shart-sharoitlar yaratildi. Bu esa ularning professional darajada shugʻullanishiga keng imkoniyat ochib berdi.

Inshootning tantanali ochilish marosimida soʻz olganlar qilichbozlik kabi noyob va intellektual sport turini yanada ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni saralab olish va professional sportchilarni tayyorlashda ushbu zal muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidlashdi. Bu joy yangi iqtidorlar, Osiyo, jahon va Olimpiya chempionlarini yetishtirib chiqarish bazasiga aylanishiga ishonch bildirildi.

photo 03

Qayd etish lozimki, bugungi kunga qadar mamlakatimizda jahon standartlariga javob beradigan qilichbozlik sporti saroyi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahrida va Andijon viloyatida faoliyat koʻrsatar edi. Buxorodagi markaz esa toʻrtinchi qilichbozlik markazi sifatida faoliyat boshlagani bilan ham ahamiyatlidir.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.