O‘zbekiston
Nestle mahsulotlarida xavfli modda bo‘lishi mumkinligi sabab NAN bolalar ozuqasining O‘zbekistondagi ayrim partiyalarini qaytarib olmoqda
“Nestle Food” MChJ XK O‘zbekiston hududida bolalar ozuqasining ayrim cheklangan partiyalarini ixtiyoriy ravishda ehtiyot chora tariqasida qaytarib olishni boshladi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida xabar berilmoqda.
Qaytarib olinayotgan mahsulotlar tez eruvchan sutli va nordon sutli quruq aralashmalar, shuningdek aminokislotalar asosidagi maxsus davolovchi quruq aralashmalarning ayrim partiyalarini qamrab oladi.
Xususan, quyidagi mahsulotlar qaytarib olinmoqda:
- NAN 1 OPTIPRO – ayrim partiyalar;
- NAN 2 OPTIPRO – ayrim partiyalar;
- NAN Kislomolochniy (0–12 oy) – 1 partiya;
- NAN Supreme (0–12 oy) – 1 partiya;
- ALFARÉ Amino – ayrim partiyalar.
Qayd etilishicha, Nestle kompaniyasi tashqi yetkazib beruvchidan olingan xomashyoda (araxidon kislotasi) sereulid toksini bo‘lishi mumkinligi bilan bog‘liq ehtimoliy xavfni aniqlagan. Shu sababli kompaniya global miqyosda ayrim partiyalarni ixtiyoriy qaytarib olishga qaror qilgan.
Ushbu ingrediyent miqdori juda kam bo‘lib, O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarida sereulid toksini bo‘yicha normativ talab mavjud emas. Shunga qaramay, kompaniya ehtimoliy xavflarni oldini olish maqsadida 2026-yilning 5-yanvardan boshlab mazkur chorani amalga oshirmoqda.
“Nestle Food” MChJ XK bu haqda tegishli regulyator organlarni xabardor qilgan va iste’molchilarga zarur ma’lumotlarni taqdim etishga tayyor ekanini bildirgan.
Ko‘rsatilgan partiyalardagi mahsulotlarni xarid qilgan iste’molchilar ularni kompaniya belgilagan tartibda qaytarishlari mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga (+998) 78-120-20-55 raqami orqali murojaat qilish tavsiya etildi.
Ta’kidlanishicha, qaytarib olish amaliyoti faqat yuqorida ko‘rsatilgan cheklangan partiyalarga taalluqli bo‘lib, boshqa partiyalar va Nestle kompaniyasining O‘zbekistonda sotilayotgan boshqa bolalar ozuqasi mahsulotlariga tegishli emas.
Sereulid nima va u nima uchun xavfli?
Sereulid bu bacillus cereus bakteriyasining ayrim shtammlari tomonidan yaratilgan toksindir. Buyuk Britaniya Oziq-ovqat standartlari agentligining ogohlantirishicha, ushbu toksin:
- tez rivojlanuvchi qusish va oshqozon og‘rig‘iga sabab bo‘ladi.
- pishirish, qaynatilgan suvdan foydalanish yoki sut aralashmasini tayyorlash jarayonida parchalanmaydi va o‘z kuchini yo‘qotmaydi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


