O‘zbekiston

Humans ustidan ichki ishlarga ariza yozish so‘ralmoqda

picture
Foto: Humans

Loading

2025-yilning 9-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Humans ilovasiga ulangan bank kartalaridan foydalanuvchilar ruxsatisiz pullar yechib olingani haqida xabarlar tarqaldi. O‘shanda Markaziy bank hodisani rasman tasdiqlab, tekshiruv ishlari boshlanganini e’lon qilgandi.

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, “Humans” MChJ kompaniyasi bilan bog‘liq holat to‘liq tekshirilgan va yig‘ilgan ma’lumotlar ichki ishlar idoralariga topshirilgan.

Tekshiruv “Octogram” AJ to‘lov tashkilotida, “Humans” MChJ kompaniyasiga to‘lov xizmatlarini taqdim etgan holda, Markaziy bank farmoyishiga binoan ishchi guruh tomonidan amalga oshirildi. Tekshiruv natijalari bo‘yicha tuzilgan ma’lumotnoma Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga huquqiy baho berish va o‘z vakolati doirasida choralar ko‘rish uchun taqdim etildi.

Ayni paytda Humans kompaniyasi bilan bog‘liq holat Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganilmoqda. Fuqarolardan mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari so‘raladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.