O‘zbekiston
Oliy Majlisda “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi
Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi davom etmoqda. Unda deputatlar “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.
Ta’kidlash joiz, hozirgi kunda dunyo mamlakatlari bilan bir qatorda, O‘zbekistonda ham koronavirus pandemiyasi – COVID-19 keng tarqalib, ushbu infeksiya bilan zararlanganlar soni kun sayin ortib borayotir. Bu esa favqulodda chora-tadbirlar ko‘rishni taqozo etadi. Shuning bilan birga, milliy qonunchilik bazasini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasida favqulodda holatni tatbiq etishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar aks ettirilgan.
Qatnashuvchilar “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasida deputatlar ushbu hujjat juda muhimligini, pandemiya davrida bu boradagi huquqiy asosga ehtiyoj sezilganini ta’kidladilar.
Qayd etish joiz, loyihada favqulodda holatni joriy qilish tartibi, ushbu jarayonda qo‘llaniladigan choralar va cheklashlar, favqulodda holat amal qiladigan davr uchun joriy etiladigan maxsus davlat boshqaruvi organlari, favqulodda vaziyat sharoitida jismoniy va yuridik, shuningdek, mansabdor shaxslarning huquqlari kafolatlari hamda sudlarning faoliyatini tartibga soluvchi va boshqa maxsus qoidalar mustahkamlab qo‘yilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi davlat boshqaruvi tizimi orqali samarali va tezkor favqulodda choralarni qo‘llashga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishda huquqiy munosabatlarni tartibga solishga, qolaversa, O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirishga imkon beradi.
Qonun loyihasi qizg‘in muhokamalardan so‘ng, birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.“Favqulodda holat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasida deputatlar ushbu hujjat juda muhimligini, pandemiya davrida bu boradagi huquqiy asosga ehtiyoj sezilganini ta’kidladilar.
Qayd etish joiz, loyihada favqulodda holatni joriy qilish tartibi, ushbu jarayonda qo‘llaniladigan choralar va cheklashlar, favqulodda holat amal qiladigan davr uchun joriy etiladigan maxsus davlat boshqaruvi organlari, favqulodda vaziyat sharoitida jismoniy va yuridik, shuningdek, mansabdor shaxslarning huquqlari kafolatlari hamda sudlarning faoliyatini tartibga soluvchi va boshqa maxsus qoidalar mustahkamlab qo‘yilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi davlat boshqaruvi tizimi orqali samarali va tezkor favqulodda choralarni qo‘llashga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishda huquqiy munosabatlarni tartibga solishga, qolaversa, O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirishga imkon beradi.
Qonun loyihasi qizg‘in muhokamalardan so‘ng, birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi